Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +9°

Ekildimi? Ekildi: 600 mingdan ortiq ko‘chat sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan

“Plan” 110 foizga bajarilgan, ammo...

2 daqiqa o‘qiladi

Ekildimi? Ekildi: 600 mingdan ortiq ko‘chat sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan

Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi majlisida “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi muhokama qilindi. 

Yetarlicha eʼtibor qaratilmagan

Bahor mavsumida 600 mingdan ortiq ko‘chat sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan. Ayrim vazirlik, idora va tarmoqlar ko‘chat ekish tadbirlariga yetarlicha e’tibor qaratmagan. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.

“Plan” 110 foiz bajarilgan!

Qayd etilganidek, loyiha doirasida bahor mavsumida 125 mln. tup ko‘chat ekilishi belgilangan bo‘lib, 138,1 mln tup (110,5 foiz) ekilgan.

991 ta maxsus texnika

Ko‘chatlarni sug‘orish uchun 253 ta suv chiqarish quduqlari va 2906 km. uzunlikda sug‘orish tizimlari o‘rnatilgan. Sug‘orish manbasi mavjud bo‘lmagan hududlarga sug‘orish uchun 991 ta maxsus texnika biriktirilgan. 

Ekilgani emas, koʻkargani hisob

Shu bilan birga, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bahor mavsumida 600 mingdan ortiq ko‘chat sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan. 

Ko‘chatlarni parvarish qilish, sug‘orish, payhon qilinishining oldini olish ishlari yetarli darajada amalga oshirilmagan. 

Hududlarda ekilgan daraxtlarning kasallik va zararkunandalarga qarshi mexanik, biologik, kimyoviy kurash tadbirlarini moliyalashtirish mahalliy byudjet mablag‘lari hamda vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsa-da, ushbu masala hal etilmasdan qolgan.

Qayta ekilmagan

Hokimliklar, vazirliklar, idora va tashkilotlar tomonidan avvalgi mavsumlarda ekilgan, tabiiy va boshqa omillar hisobiga qurib qolgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish, ko‘karmasdan qurib qolganlari o‘rniga yangi ko‘chatlarni ekib o‘rnini to‘ldirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan.