“Yashil” kredit: Buning afzalligi nimada?
Endilikda O‘zbekistonda “yashil” kredit joriy qilinmoqda. Bu qanday kredit turi?
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 1-oktyabrgacha “yashil” uy-joy standartlari tasdiqlangani haqida xabar bergan edik. Shu munosabati bilan markaziy bank yangi kredit turini joriy qilmoqda.
“Yashil” uyga “yashil” kredit
2025-yil 1-yanvardan qurilish tashkilotlariga “yashil” uy-joy standartlari talablari asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan bir foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
Unga ko‘ra, keying yilning 1-apreligacha “yashil” uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga “yashil” ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi jamg‘arma
Ipotekani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil etiladi.
2024-yil 1-maydan quyidagi tartiblar o‘rnatiladi:
- birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sug‘urta xavflaridan sug‘urta qilish talabi bekor qilinadi;
- ko‘p qavatli uy-joylarni qurish huquqi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “S” va “SS” bo‘lgan qurilish tashkilotlariga ham beriladi.



