$
 11963.16
49.81
€
 13390.36
61.7
₽
 142.33
-0.06
weather
+26
Кечаси   +14°

Kontraktni bankka bormasdan toʻlang: Agrobank taʼlim kreditini onlayn rasmiylashtirishni taklif etadi

konkrakt

Oʻqish kontraktini toʻlash muddati oz qolmoqda. Shu sababli, toʻlov masalasini hali hal qilmagan talabalarga shoshilishni tavsiya etamiz. Agrobank taʼlim kreditini Agrobank Mobile ilovasi orqali masofadan turib rasmiylashtirish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Kredit qanday shartlarda beriladi?

Agrobank taʼlim kreditini quyidagi qulay shartlarda taklif etadi:

  • Yillik ustama stavkasi: 14%;
  • Kredit muddati: Oʻqish davri va undan soʻng yana 7,5 yil;
  • Imtiyozli davr: Oʻqish davri va undan soʻng yana 6 oy.

Xotin-qizlar uchun alohida imtiyoz nazarda tutilgan: ular uchun taʼlim krediti boʻyicha foiz toʻlovlari maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplanadi.

Onlayn kreditni qanday rasmiylashtirish mumkin?

Taʼlim kreditini olish uchun dastlab talim-krediti.mf.uz platformasi orqali ariza topshiriladi, soʻngra kredit Agrobank Mobile ilovasi orqali rasmiylashtiriladi.

Bu barcha bosqichlarni bank filialiga bormasdan, uydan chiqmagan holda masofadan oʻtish imkonini beradi.

Batafsil maʼlumot uchun

Taʼlim kreditining shartlari haqida batafsil maʼlumotni 1216 qisqa raqami yoki agrobank.uz rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin.

Теги :
Jamiyat