Harbiylar uchun mehnat yarmarkasi
Tadbirda ishtirok etgan yoshlardan shu yerning o’zida 105 nafarining bandligi ta’minlandi.
1 daqiqa o‘qiladi

Muddatli harbiy xizmatni o’tab qaytgan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
2 mingga yaqin ish o’rni
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi "Yoshlar markazi"da o‘tkazilgan tadbirda 300 dan ziyod yoshlar, shuningdek, 20 dan ziyod korxona va tashkilotlar 2 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Bandligi ta’minlangan yoshlar
Tadbirda ishtirok etgan yoshlardan shu yerning o’zida 105 nafarining bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, ulardan 28 nafari kasb-hunarga o‘rgatish uchun monomarkazlarga jalb etildi.
Milliy gvardiya uchun yo’llanmalar
Qolgan 174 nafar yoshlarga belgilangan tartibda Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati tizimlariga xizmatga kirish uchun yo‘llanmalar berildi.



