$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyo bo‘ylab xolera bilan kasallanish 32% ga kamaydi

xolera

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xolera bilan bog‘liq kasallanish va o‘lim holatlarida sezilarli kamayishni qayd etdi, ammo 2024-yil oktyabrida o‘lim darajasi o‘tgan yilga nisbatan 54% ga oshganidan xavotirlanmoqda.

Oktyabr oyidagi kasallanish holatlari va o‘lim statistikasi

2024-yil oktyabr oyida JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 37 mingdan ortiq xolera va o‘tkir suvli diareya holatlari qayd etilgan, 395 kishi ushbu kasallik sababli hayotdan ko‘z yumgan. Kasallanish holatlari sentyabr oyiga nisbatan 32% ga, o‘lim holatlari esa 48% ga kamaygan.

Xoleraning yangi avj olish holatlari Iroq, Livan va Janubiy Sudan kabi hududlarda kuzatilgan.

JSST xavotiri: 2024-yil oktyabr oyidagi o‘lim darajasi

JSST qayd etishicha, o‘lim holatlari sentyabr oyiga nisbatan kamaygan bo‘lsa-da, 2024-yil oktyabrida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘lim darajasi 54% ga yuqori bo‘lgan. Mutaxassislar buni qurolli mojarolar, aholining majburiy ko‘chishi, tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishlari kabi omillar bilan izohlashmoqda.

2024-yilda xolera statistikasi

Joriy yilning 1-yanvaridan 27-oktyabriga qadar dunyo bo‘ylab:

• Kasallanganlar soni: 486 760 kishi;

• O‘lim holatlari: 4 018 kishi.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar:

• Sharqiy O‘rta Yer dengizi, Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyo.

Yakka davlatlar bo‘yicha Afg‘onistonda 155 mingdan ortiq, Pokistonda 67 mingdan ortiq, Yamanda 36 mingdan ortiq, Sudanda 30 mingdan ortiq, Kongo Demokratik Respublikasida 27 mingdan ortiq hamda Efiopiyada 26 mingdan ortiq kasallanish holatlari kuzatilgan.

Xolera haqida

Xolera – xavfli infeksion kasallik bo‘lib, uni xolera vibrionlari keltirib chiqaradi. Kasallikning tarqalishiga asosan zararli suv va oziq-ovqat iste’moli sabab bo‘ladi.

Kasallikning asosiy belgilari:

  • O‘tkir diareya;
  • Tez suvsizlanish;
  • Zaiflik va hushdan ketish.

O‘z vaqtida davolash bo‘lmasa, xolera o‘limga olib kelishi mumkin.

Xoleraning oldini olish uchun JSST xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va global sog‘liqni saqlash tizimlarining tezkor javob qaytarish imkoniyatlarini oshirish zarurligini ta’kidlamoqda.