$
 12632.22
22.05
 13478.58
-48.35
 134.39
-0.85
weather
+26
Кечаси   +14°

Tojikiston prezidenti O‘zbekistonning 5 nafar san’atkorini "Tojikiston xalq hofizi" unvoni bilan taqdirladi

Yulduz

Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun 5 nafar o‘zbekistonlik san’atkorga Tojikiston xalq hofizi faxriy unvoni berildi. Xo‘sh, ular kimlar?

Davlat tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan qo‘shni mamlakatga bordi. Ikki prezidentlar Dushanbedagi “Qasri Millat” davlat qarorgohida tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar. Shundan so‘ng, muzokaralar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirildi.

Madaniyat va san’at 

Shuningdek, davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi. "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon mushtarak tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha samarali faoliyati, shuningdek, birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblarining bir guruhiga faxriy unvonlar berdilar.", — deyiladi axborotda.  

O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari

Tojikiston milliy konservatoriyasi rektori Mirali Do‘stizoda, Tojikiston milliy konservatoriyasi dotsenti Ismoil Nazriyev, Tojikiston Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining F.Shaxobov nomidagi "Shoshmaqom" ansambli rahbari Furqat Sayidzoda, Bobojon G‘afurov tumani shoshmaqom ansambli rahbari To‘lqin Tojiboyev, A.Jo‘rayev nomidagi Tojikiston davlat filarmoniyasi "Falak" ansambli badiiy rahbari Rahmatullo Hoshimov "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.

Tojikiston xalq artistlari

O‘zbekiston milliy musiqa san’ati instituti «Maqom xonandaligi» kafedrasi professori Munojatxon Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi "Lazgi" ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Og‘abek Sobirov va xonanda Yulduz Usmanovaga "Tojikiston xalq hofizi" faxriy unvoni, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri direktori Yodgor Sa’diyevga "Tojikiston xalq artisti" faxriy unvoni berildi.