$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Kriptovalyuta bozorida rekord oʻgʻirlik: xakerlar bir yilda 2,2 milliard dollarni qoʻlga kiritdi

xaker

Kriptovalyuta bozorida xavfsizlik muammolari tobora keskinlashmoqda. “Chainalysis” tahlillariga ko‘ra, joriy yilning oʻzida kriptovalyutalarga uyushtirilgan hujumlar 2023-yilga nisbatan sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, Shimoliy Koreya xakerlari bu borada yetakchilik qilmoqda. 

Ko‘payayotgan tahdid

“Chainalysis” maʼlumotlariga koʻra, bu yil kriptovalyuta oʻgʻirligi soni 2023-yilga nisbatan 7,4 foizga oshib, 303 ta holatni tashkil etdi. Oʻgʻirlangan mablagʻlarning umumiy qiymati oʻtgan yilga nisbatan 21 foizga koʻp boʻlib, bu sohadagi xavfli tendensiyani tasdiqlaydi.  

Yarim yillik farqlar

Xakerlar tomonidan oʻgʻirlangan mablagʻlarning asosiy qismi yilning birinchi yarmiga toʻgʻri kelib, bu davrda oʻgʻirlik miqdori 1,6 milliard dollarga yetdi. Ikkinchi yarmida esa bunday hujumlar sezilarli darajada kamaydi, ammo umumiy miqdor jiddiy tahdidlarni koʻrsatmoqda.  

Shimoliy Koreya xakerlari yetakchilik qilmoqda

Eng koʻp oʻgʻirlik holatlari Shimoliy Koreya xakerlari bilan bogʻliq ekani qayd etilgan. “Chainalysis”ning hisob-kitoblariga koʻra, ular yil davomida 47 ta hujum uyushtirib, 1,3 milliard dollar oʻgʻirlagan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 102 foizga koʻp. Shimoliy Koreya xakerlari tomonidan oʻgʻirlangan mablagʻlar jami kriptovalyuta oʻgʻirliklarining 61 foizini tashkil etdi.  

3 milliard dollarlik kriptovalyuta

Maʼlumot uchun oktyabr oyida Shimoliy Koreya xakerlari 2017-yildan buyon qariyb 3 milliard dollarlik kriptovalyutani oʻgʻirlagani xabar berilgandi.

Теги :
Jamiyat