“Otamdan qolgan dalalar”: Vazir nevarasining hashamatli to‘yi
Ichki ishlar vazirligi amaldori Zokir Almatov nevarasining to‘yida “lyuks” san’atkor Jah Khalib qo‘shiq kuyladi. Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida O‘zbekistonning sobiq ichki ishlar vaziri va amaldagi ichki ishlar vaziri maslahatchisi general-polkovnik Zokir Almatov nevarasining to‘yidan tarqalgan videoroliklar tarqala boshlamoqda.
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vazirligi amaldori Zokir Almatov nevarasining to‘yida “lyuks” san’atkor Jah Khalib qo‘shiq kuyladi.
Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida O‘zbekistonning sobiq ichki ishlar vaziri va amaldagi ichki ishlar vaziri maslahatchisi general-polkovnik Zokir Almatov nevarasining to‘yidan tarqalgan videoroliklar tarqala boshlamoqda.
To‘y
Videolarda ushbu to‘yda MDH davlatlari ichida yaxshigina mashhurlikka erishgan va gonorari juda katta raqamlarni tashkil qilgan san’atkor Jah Khalib qo‘shiq kuylaganini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari o‘zbek shou-biznesi yulduzlari Munisa Rizayeva, Sevara Nazarxon, Malika Ravshanova va boshqa mashhur san’atkorlar ham qatnashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, asli qozog‘istonlik bo‘lgan san’atkor Jah Khalib to‘y va boshqa tadbirlarga tashrif buyurish minimal summasi 5 million rubl, o‘zbek so‘mida taqriban 714 285 714 so‘mdan boshlanadi.
Eshik ortida nimalar bo‘lyapti?
Oxirgi vaqtlarda Zokir Almatov vazir maslahatchisi vazifasini o‘tovchi tizim faoliyatida bir qator g‘alati ishlar sodir bo‘lmoqda. Masalan, joriy yilning 7-iyul kuni Navoiyda o‘nga yaqin kishi, jumladan IIB tergovchisi bir yil avval voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani aniqlandi. Shuningdek, 5-iyul kuni esa Rishtonda IIB xonasida hushini yo‘qotgan fuqaro ishi ortidan xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bundan tashqari, 26-iyun kuni Bekoboddagi IIB binosida vafot etgani aytilayotgan fuqaro ishi doirasida bir xodim qamoqqa olingani xabar qilingandi. Bu biz bilgan va ommalashgan ma’lumotlar.
Zokir Almatov o‘zi kim?
Ma’lumot uchun, Zokirjon Maxkamovich Almatov 1949-yilning 10-oktyabrida Toshkent viloyati, Qibray tumanida tug‘ilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidagi siyosiy va huquq-tartibot sohasida muhim shaxs hisoblanadi. U asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Almatov 1991—2006-yillarda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2018-yil 24-fevraldan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.



