$
 12729.48
-20.27
 14156.45
14.43
 139.72
-0.53
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda aholining 23 foizi markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanmagan

Suv

So‘nggi 7 yilda aholining ichimlik suv ta’minotini yaxshilashga 20 trln. so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi. Bu haqda AOKAda “O‘zsuvta’minot”AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

77 foiz aholi ichimlik suv bilan ta’minlangan

Ushbu mablag‘lar hisobidan 2 916 ta suv inshooti va 43 ming km. ga yaqin ichimlik suv tarmoqlari tortildi. Natijada, aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 2017-yilda 63 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib ushbu ko‘rsatkich 77 foizga yetkazildi. 

Ushbu davr mobaynida 8 millionga yaqin aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanib, 14,5 million nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Mazkur ko‘rsatkichni yil yakuniga qadar 80 foizdan oshirish rejalashtirilgan.

Yillik reja qay darajada bajarilyapti?

Bevosita amalga oshirilgan ishlarga qaralsa, 2024-yil 1-sentyabr holatiga 900,2 mlrd. so‘m (yillik rejaga nisbatan 56 %) mablag‘ moliyalashtirildi va 1 101,2 mlrd. so‘m (yillik rejaga nisbatan 68 %) mablag‘ o‘zlashtirildi.

Ushbu mablag‘lar hisobidan 1 200,8 km. ichimlik (80 %), 184,2 km. oqova suv (65 %) tarmoqlari tortildi. Shuningdek, 95 ta ichimlik (41 %), 15 ta oqova suv (36 %) inshootlarni qurish hamda qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

2025-yilgi rejalar

Bundan tashqari, 2025-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga asosan 75 ta ichimlik va oqova suv obyektlarida 1924,6 km. ichimlik va oqova suv tarmoqlari va 106 ta ichimlik va oqova suv inshootlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun 1,15 trln. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.