$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonliklarga Saudiyaga borish uchun elektron viza berilishi mumkin

Saudiya

O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga borish uchun elektron viza olishlari mumkin.

Viza haj qilish, ishlash yoki yashash huquqini bermaydi

Saudiya Arabistoni Turizm vazirligi endilikda Oʻzbekiston fuqarolari qirollikka tashrif buyurish uchun elektron viza olishlari mumkinligini maʼlum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu viza bir yil muddatga amal qiladi va mamlakatda 90 kungacha qolish imkonini beradi. Bu sayyohlik, hordiq chiqarish, qarindoshlarni ziyorat qilish va umra ziyoratiga borish uchun mos, ammo Saudiya Arabistonida to‘liq haj qilish, ishlash yoki yashash huquqini bermaydi.

Elektron viza narxi 146 dollarni tashkil qilmoqda

Shuningdek, Albaniya, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Maldiv orollari va Janubiy Afrika fuqarolari ham elektron vizaga murojaat qilishlari mumkin. Viza narxi 146 dollarni tashkil qiladi.