$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Xitoy O‘zbekiston uchun viza talablarini erkinlashtirmoqchi

Xitoy viza

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamenti vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

Xitoyning viza siyosati

Muzokaralar chog‘ida, Xitoyning viza siyosati, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasidagi sohaga oid me’yoriy-huquqiy bazani kengaytirish xususida fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni uchun kelgusida ham konsullik – huquqiy sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri xorijiy davlatlar bilan viza tartibini yanada erkinlashtirish, xususan, viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risida kelishuvlarga erishish hisoblanishi aytib o‘tildi.

Xitoy tomoni bundan manfaatdor

Tomonlar, o‘zaro samarali hamkorlik natijasida ikki mamlakat fuqarolari almashinuvini kengaytirish va turizm sohasini izchil rivojlantirishdan birdek manfaatdor ekanligini qayd etdilar.

Xitoy TIV Konsullik departamentining Viza siyosati va ishlari boshqarmasi direktori Son Shiyu O‘zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy ijobiy o‘zgarishlar, ayniqsa, so‘ngi yillarda dunyo mamlakatlari bilan vizalarni liberallashtirish borasida olib borilgan samarali natijalarni yuqori baholab, Xitoy tomoni ham ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Sohaga oid oldinda turgan masalalarni birgalikda hal etishga kelishib olindi.