$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Iste’mol qilish xatarli: 40 yoshdan oshgan ayollar uchun qaysi vitaminlar mumkin emas?

vitamin

O‘rta yoshdagi ayollar o‘zlarining go‘zalligini saqlash va salomatligini tiklash uchun turli biologik faol qo‘shimchalarni qabul qilishi bugungi kunda urfga aylanib bormoqda. Ammo mo‘jizalarni va’da beradigan bunday vositalar haqiqatda foydalimi?

Quyida 40 yoshdan oshgan ayollar uchun iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan vitaminlar haqida so‘z boradi.

Ko‘p vitamin — organizmni sog‘lom qilib qo‘ymaydi

Vitaminlar turli ko‘rinishda ishlab chiqariladi: ba’zilari profilaktik vositalar sifatida qo‘llansa, boshqalari faol moddalarni o‘z ichiga oladi. Ayrim turdagi kapsulalar va tabletkalar ma’lum moddaga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 200-300% ni o‘z ichiga oladi. Agar bunday vitaminlar tartibli va kerakli dozalarda qabul qilinmasa, o‘sha moddaning tanada ortiqcha yig‘ilib qolishi kuzatiladi. Bu esa xavfli holatdir.

Ortiqcha dozasi salomatlik uchun xavfli hisoblanuvchi vitaminlar

E vitamini. Uning kundalik dozasi 1000 mg dan oshsa, qon ketish, gipertoniya, jinsiy gormonlar va qalqonsimon bez gormonlar ishlab chiqarishning kamayishi kuzatiladi.

C vitamini. Bir qarashda zararsiz ko‘rinadigan askorbin kislotasi buyrakda toshi bor bemorlar uchun xavfli bo‘lib, boshqa buyrak kasalliklariga moyil bo‘lgan insonlarga zarar yetkazishi mumkin. Shifokorlar kuniga 50 mg dan ortiq askorbin kislotasini ichishni tavsiya etmaydi. Bir martalik davolanish kursi va bir oydan oshmasligi lozim.

A vitamini. Chekuvchilar bu vitaminni qabul qilishda ayniqsa ehtiyot bo‘lishlari kerak. Retinol bilan birgalikda sigaretalar o‘pka saratonining rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

Temir moddasi. Temir tanqisligi keng tarqalgan muammo, biroq organizmda yallig‘lanish jarayoni mavjud bo‘lsa, temirning foydasi tegmaydi.

Kalsiy. Bu foydali mineral D vitamini bilan birgalikda yaxshi so‘riladi.

Kalsiyning ortiqcha dozasi esa asab tizimiga zarar yetkazadi.

Omega-3. Ortiqcha omega-3 qonning ivish darajasini kamaytiradi va anemiyaga olib keladi.

Bu vitaminlarni birgalikda qabul qilib bo‘lmaydi

Qo‘shimchalarni to‘g‘ri tartib va dozada qabul qilishni boshlashdan avval quyidagi birga ichish mumkin bo‘lmagan vitaminlar va dori-darmonlarni ko‘rib chiqishni tavsiya etamiz:

Omega va antikoagulyantning katta dozalari qon ketishiga olib keladi;

K vitamini va qonni suyultiruvchi dorilar mumkin emas;

C vitamini va mis, B1, B12 vitaminlari birgalikda yaxshi so‘rilmaydi;

E vitamini bilan magniy, sink, mis kabi moddalar chiqishmaydi;

Temir moddasi bilan sink, magniy, xrom, kalsiy, E va B12 vitaminlari to‘g‘ri kelmaydi;

Rux moddasi bilan foliy kislotasini birga ichish mumkin emas.