Shengen mamlakatlarida bo‘lish 12 foizga qimmatladi
O‘tgan yilda esa qariyb 9 ming yurtdoshimizning viza uchun arizasiga rad javobi berilgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Endi Shengen mamlakatlarida qisqa muddat qolish uchun viza (C turi vizasi) olishda 90 yevro to‘lov qilinadi. Narxlarning oshishi haqida Sloveniya Tashqi ishlar vazirligi xabar tarqatdi.
11-iyundan qo‘llaniladigan narxlar
Bunda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun narx 45 yevro, olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa bepul bo‘ladi.
Viza to‘lovlarining oshgan tarifi 11-iyundan boshlab amal qiladi.
Viza narxi oshishiga nima sabab bo‘lmoqda?
Viza narxi, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng, ya’ni “Shengen mamlakatlari” 2022-yil sentyabr oyida qisqa muddatli emissiyaning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi kelishuvni to‘xtatganida sezilarli darajada oshdi. Bungacha to‘lov miqdori 35 yevro bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, hozirda kattalar uchun Shengen vizasi 80 yevro.
8710 ming o‘zbekistonlikka Yevropaga bora olmagan
2023-yilda 8 170 nafar O‘zbekistonlikning shengen vizasi uchun arizasi rad etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yilda o‘zbekistonliklar shengen vizasini olish uchun jami 46 503 ta ariza topshirgan. Lekin arizalarning 16,5 foizi rad etilgan. Qabul qilingan arizalar soni 38 333 tani tashkil etgan.
Rad etilishlar ulushi 0,4 foizga oshgan
Qayd etilishicha, 2022-yilga nisbatan rad etishlar ulushi 0,4 foizga oshgan, ammo keyinchalik 39 509 ta ariza tasdiqlangan.
Shuningdek, o‘tgan yili Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va shengen davlatlari konsulliklariga qisqa muddatli vizalar uchun 10,3 mln.dan ortiq ariza kelib tushgan.
Bu 2022-yilga (7,5 mln.) nisbatan 37 foizga ko‘p, lekin COVID-19 pandemiyasidan oldingi 2019-yildagi so‘rovlar sonidan (17 mln.) past sanaladi.



