Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 77 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +6°

Hindistonda xavfli virus tarqalmoqda

Ma’lumotlarda qayd etilishicha, virusi hasharotlar chaqishi orqali yuqadi. Ushbu virusga qarshi hozircha hech qanday vaksina yoki aniq davolash usuli kashf etilmagan.

1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda xavfli virus tarqalmoqda

3-yil avval koronavirusdan zararlangan dunyo aholisini navbatdagi virus turi kutib turgan bo‘lish ehtimoli mavjud. Jahon OAVda Hindistonda xavfli virus tarqalayotgani aytilmoqda.

Ma’lumot barchaga yetkazilgan

Hindiston g‘arbidagi Gujarat shtatida 50 kishi xavfli Chandipura virusini yuqtirib olgan. Shtat sog‘liqni saqlash vaziri Rushikesh Patelning aytishicha, u bilan zararlangan 16 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Boshqa shtatlarda ham uchta holat qayd etilgan bo‘lib, vazirning qo‘shimcha qilishicha, virus haqidagi ma’lumotlar Gujaratdagi barcha qishloqlar va sog‘liqni saqlash markazlariga yetkazilgan.

Vaksina mavjud emas

Chandipur virusi hasharotlar chaqishi orqali yuqadi. U Hindistonning Maxarashtra shtatidagi qishloq sharafiga nomlangan. Kasallik birinchi marta shu yerda, 1965-yilda ensefalit avj olgan paytda aniqlangan. Uning alomatlariga isitma, bosh og‘rig‘i, tutqanoq va ongni yo‘qotish kiradi. Bular o‘limga olib kelishi mumkin. Ushbu virusga qarshi vaksina yoki aniq davolash usuli hozirgacha kashf etilmagan. Shu yilning iyul oyi boshida Ispaniya va Italiyadagi kurortlarda dam olayotgan sayyohlar xavfli virus – G‘arbiy Nil isitmasi tarqalishi haqida ogohlantirilgan edi. Ushbu Yevropa davlatlarida kasallanganlar aniqlangan.