Yaponiyada 48 soat ichida o‘limga olib keluvchi virus tez tarqamoqda
Iyungacha kasallanganlar soni 977 taga yetgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada “yirtqich virus” keltirib chiqarayotgan kasallik turi tez tarqalmoqdi.
Streptokokk A guruhi deb nomlanuvchi ushbu bakteriya streptokokk toksik shok sindromi rivojlanishiga olib keladi va u inson hayotiga 48 soat ichida nuqta qo‘yishi mumkin. Bu haqda Xabar.uz nashri ma'lum qildi.
O‘tgan yilgi antirekord yangilangan
Yaponiya milliy yuqumli kasalliklar instituti ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 2-iyuniga qadar streptokokk toksik shok bilan kasallanganlar soni 977 taga yetgan va bu o‘tgan yilgi antirekorddan (941 ta) oshib ketgan.
Bu virusga angina sabab bo'ladi
Ushbu turdagi streptokokklar odatda bolalarda angina deb ataladigan tomoq shishi va og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Bo‘g‘imlarda og‘riq va shish, yuqori isitma, past qon bosimi, shuningdek, nafas olishdagi muammolari, to‘qimalar nekrozi hamda organlar tizimi yetishmovchiligi kasallikning asosiy belgilari hisoblanadi.
Yil oxirigacha 2,5 ming kishiga yetishi mumkin
Olimlarning ta’kidlashicha, o‘limning aksariyati alomatlar boshlanganidan keyin 48 soat ichida sodir bo‘ladi.
Tokio tibbiyot universiteti professori Ken Kikuchining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi tarqalish sur’atida Yaponiyada kasallikka chalinganlar soni yil oxirigacha 2,5 ming kishiga yetishi mumkin, o‘lim darajasi esa 30 foizni tashkil etadi.



