$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Mushtumzo‘r erkak ayolining boshiga yetdi

Violince

Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi 25 yoshli ayol o‘zining yashash xonadonidan o‘lik holatda topildi. Holat joriy yilning 11-aprelida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘inida soat 20:30 lar atrofida sodir bo‘lgan.

Order ham himoya qilolmagan

Marhumaning onasini gaplariga qaraganda, ayol topilganda bosh va yuz qismida yorilishlar, jag‘da sinish, tanasining turli qismlarida urilgan-shilingan jarohatlar hamda bo‘yin qismida qizarish mavjud bo‘lgan. Qayd etilishicha, marhumaning bir nafar 3 yoshli o‘g‘il farzandi bo‘lgan. Aniqlanishicha, oilada janjallar har doim bo‘lib kelgan. 2022-yilda ham oilada qattiq janjal bo‘lib, erkak ayolini do‘pposlagani sabab, uyiga ham ketib qolgan. Biroq mahalla fuqarolar yig‘ini bu ishni hal qilish maqsadida ayolga order berilib yana erining uyiga yashashi uchun qaytargan.

Voqea 3 yoshli bolaning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan

Er-xotinning janjali 3 yoshli farzandining ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Bolakayning aytishicha, otasi onasini tayoq bilan ko‘p marta urib bo‘g‘gan. Shundan so‘ng, bola onasining o‘lganini ko‘rgan. Ayolning opasi kuyoviga eng og‘ir jazo berilishini so‘radi.

Janjalga rashk sabab bo‘lganmi?

“Taraqqiyot” MFY xotin-qizlar faoli Dilnoza Oqilovaning gapiga qaraganda, mushtumzo‘r erkakga har hafta oilaviy vaziyatni kelib tekshirib ketishlari haqida ogohlantirilgan. Biroq, erkak oilasi bilan yaxshi yashayotganini aytib ayolidan nega shikoyat qilding deb so‘rab boshlagan. Shuningdek, erkak har safar mas’ullar kelganda ayolini ozoda emasligini aytib undan kamchilik qidirgan. Dilnoza Oqilovaning aytishicha, marhumadan eri haqida so‘rashganda erkak ijtimoiy tarmoqlarda turli xil ayollar bilan yozishishini ko‘rganini aytgan. Mas’ulning fikricha janjalga rashk sabab bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Jizzax viloyat prokuraturasi tomidan jinoyat ishi ochilgan bo‘lib tergov harakatlari olib borilmoqda.