Dollar ulushi kamayib, rublniki ko‘tarildi
O‘zbekiston tashqi savdosida dollar va yevroning ulushi kamayib, rubl va so‘mning ulushi ortgan.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi savdosida dollar va yevroning ulushi kamayib, rubl va so‘mning ulushi ortgan.
Dunyodagi asosiy valyuta
Dollar – butun dunyo savdosida amal qiladigan eng katta valyuta hisoblanadi, deyarli 80 foiz savdo dollarda amalga oshadi. Amerikada – 96 foiz, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 74 foiz, Yevropada esa 23 foiz savdo ushbu valyutada bo‘lib o‘tadi.
Dollar va yevro ulushi pasaydi
2019-yil statistikalarga ko‘ra, O‘zbekistonning importi asosan dollar va yevroda (95 foiz: 83 foiz dollar va 12 foiz yevro) amalga oshirilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilga kelib biroz o‘zgardi, endilikda bu ikki valyutaning ulushi 89,4: 79,5 foiz dollar va 9,9 foiz yevroni tashkil qilmoqda. Eksportda esa, dollar va yevroning ulushi 2019-yilda 99,1 foizdan , 2023-yilda 93,2 foizga tushgan.
Rublning ulushi ortmoqda
Ushbu 5 yil ichida rublning ulushida ko‘tarilish kuzatilgan. Xususan eksportda rubl 0,8 foizdan 5,3 foizga yetgan bo‘lsa, importda ushbu valyuta 4,2 foizdan 7,6 foizgacha oshgan.
So‘mda ham “siljish” kuzatilmoqda
Shuningdek, tashqi savdoda so‘m ham oz bo‘lsa-da qo‘llanilib, 2019 yilda 8,7 mln dollarlik import tovarlar (ulushi 0,0 foiz), eksportda 2,4 mln dollarlik tovarlar so‘mda savdo qilingan bo‘lsa 2023-yilga kelib so‘mdagi import 87 mln dollarga (ulushi 0,3 foiz), eksportda esa 21,2 mln dollarga yetgan (ulushi 0,2 foiz)



