$
 12904.51
-33.42
 14575.64
-89.5
 161.99
0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbek so‘mi jahon bozorida qanchalik qadrsiz?

pul money dengi

O‘zbekiston qonunlari bo‘yicha mamlakat hududidagi barcha savdo-sotiq milliy valyuta o‘zbek so‘mida amalga oshirilishi kerak. Ammo aksar hollarda oziq ovqatlar, kiyim-kechak kabi mayda tijoratni hisobga olmaganda, yirik savdo-sotiqda o‘zbek so‘mi deyarli ishlatilmaydi. Ko‘chmas mulk savdosi norasmiy tarzda bo‘lsa ham hamisha xorij valyutasida, xususan, dollarda, amalga oshirilishi hech kimdan sir emas.

Xo‘sh, bu qadam ortida qanday omillar bor? O‘zi dunyo bo‘yicha olganda, o‘zbek so‘mi qanchalik qadrsiz? Uning qudratini oshirish nimalarga bog‘liq?

So‘mning qadri nima bilan o‘lchanadi?

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovning aytishicha, valyuta qadrsizlanishi haqidagi qarashlar nisbiy hisoblanadi. So‘mning qadrini tashqi savdo bilan shug‘ullanayotganlar valyuta kursi bilan, kundalik hayotda esa inflyatsiya darajasi va narx-navo bilan o‘lchashadi. Asosiy savdo hamkorlarimizga qaraydigan bo‘lsak, so‘mimiz o‘tgan 6 oy davomida dollarga nisbatan 3,2 foizga qadrsizlandi. Turkiya, Rossiya, Xitoydagi vaziyatga qarasak, hammasi nisbiy. Ularning milliy puli qadrli, bizniki qadrsiz deb baholash – noto‘g‘ri taqqoslash bo‘ladi, deydi u.

So‘m qadrining oshishi nimalarga bog‘liq?

Nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda milliy pulning qadrini iqtisodiyot belgilaydi. Ya’ni iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, uni tashqi iqtisodiy faoliyatda inklyuziv rivojlanishi bu milliy pulning qadrini belgilaydigan eng asosiy ko‘rsatkichdir. O‘zbekistonda 2017-yildan, ya’ni valyuta bozori erkinlashtirilganidan beri bugungi kungacha bo‘lgan valyuta kursining o‘zgarishini tahlil qilsak, ko‘plab davlatlardagi valyuta qadrsizlanishidan bizdagisi ancha past. Mamarizo Normurodovning fikricha, shu nuqtayi nazardan 4 yildan ortiq vaqt davomida milliy valyutamiz o‘rtacha 6–7 foizga qadrsizlanyapti. Bu degani inflyatsiya 10 foizdan yuqori bo‘layotgan sharoitda valyuta qadrsizlanib ketyapti, deyishga hech qanday asos yo‘q. Iqtisodiy o‘sishlar ham shu kursning mevasi. Bir dollar 12 793 so‘m bo‘lgani uchun o‘zbek so‘mi kuchsiz valyuta deyishga hech qanday asos yo‘q”.

O‘zbek so‘mining qadrini oshirishda, iqtisodiy barqarorlik asosiy rol o‘ynaydi. Barqaror iqtisodiy o‘sish, inflyatsiyani nazorat qilish va ichki narxlar barqarorligini ta’minlash milliy valyutaning kuchini saqlab qoladi. Ikkinchidan, tashqi savdoni kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Eksport hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va savdo balansini ijobiy ko‘rsatkichlarga olib chiqish so‘mning qadri oshishiga xizmat qiladi. Uchinchidan, moliyaviy islohotlar va bank tizimini rivojlantirish orqali iqtisodiyotni yanada shaffof va ishonchli qilish lozim. Shuningdek, xalqaro savdoda so‘mning foydalanilishini kengaytirish ham uning nisbiy qadri oshishiga yordam beradi. Shu bilan birga, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga integratsiya ham valyutaning barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

So‘m zaif valyutalar qatorida turadi. Bunga Markaziy bank vakilining munosabati qanday?

Markaziy bank raisining o‘rinbosari Behzod Hamrayevning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi yillarda o‘zbek so‘mining qadri oshgan va boshqa valyutalarga nisbatan barqaror. “Bir dollarga “A” davlatning valyutasidan 10 ta berarkan, “B” davlatnikidan 20 ta berarkan, shuning uchun “A” davlatning valyutasi “B” nikidan kuchli deb aytish juda ham yuzaki qarash bo‘ladi. Yaqinda bir jurnalda so‘mni zaif valyutalar 10 taligiga kiritilgan. Lekin zaif bo‘lmagan deb ko‘rsatilgan valyutalarni denominatsiya qilib qo‘yilishi ham mumkin-ku. Uni mingga yoki 10 minga bo‘lish mumkin. Masalan, Turkiyaning lirasi yil boshidan beri 39 foiz devalvatsiya bo‘lgan. Mamlakat 2006-yilda lirani 100 mingga denominatsiya qildi. Hozir kursi dollarga nisbatan 25-26 bo‘lib turishi mumkin, lekin agar 100 mingga bo‘lmaganda, hozir 26 yoki 260 ming ming bo‘lishi mumkin edi. Bunday qaramaslik kerak.O‘zbekiston so‘mining kursi investorlar uchun ham juda maʼqul. 2019-yildan buyog‘iga qaralsa, hozirda so‘mni qadri o‘zimizning savdo hamkorlari inflyatsiyasi bilan taqqoslaganda 10,6 darajaga yetgan. Aksincha, so‘mni qadri oshib ketgan hozirgi paytda”, — deydi u.

O‘zbek so‘mi jahon hamjamiyatida qanchalik qadrsiz?

AQSh dollari dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan va kuchli valyutalardan biri sifatida ko‘rib kelinadi. Shu o‘rinda, joriy yilda Forbes nashri boshqa valyutalarning AQSh dollariga nisbiy qiymatidan kelib chiqqan holda, nominal jihatdan dunyodagi eng zaif valyutalar o‘nligini taqdim etgan reytingda o‘zbek so‘mi oltinchi o‘rinda qayd etilgan. Umuman olganda, O‘zbekiston milliy valutasi 30 yildan oshiqroq vaqt ichida AQSh dollariga nisbatan 1657 barobar qadrsizlangan. Joriy yilning o‘zida esa so‘m yil boshidan buyon Amerika valyutasiga nisbatan 3,7 foizga qadrsizlandi. “O‘zbek so‘mi dunyodagi yettinchi eng zaif valyuta: 1 so‘m 0,000087 dollarni tashkil qiladi yoki 1 dollarni 11 516 o‘zbek so‘mi evaziga sotib olish mumkin. Mamlakat ammo past iqtisodiy o‘sish, yuqori inflyatsiya, ishsizlik va korrupsiya bilan kurashishda davom etmoqda”, deyilgan “Forbes” tahlilida.