$
 12786.98
12.0
 13753.68
-160.83
 130.27
0.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda davlat fuqarolik xizmatchilari lavozimlariga 30 670 ta tanlovlar e'lon qilindi

Joriy yilning 10 oyi davomida vakant lavozimlarga 30 670 ta tanlov e'lon qilingan, bitta vakant lavozimga oʻrtacha 34 nafar nomzod toʻgʻri kelmoqda. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma'lum qildi.

Mavjud vakant lavozimlariga 30 670 ta tanlovlar e'lon qilindi

 Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz ga bugungi kunda 68 ta davlat organi va tashkilotlari, hamda 208 ta tuman (shahar) hokimliklari, ularning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari ulangan.

 Joriy yilning 10 oyi davomida ushbu tashkilotlardagi mavjud vakant lavozimlariga 30 670 ta tanlovlar e'lon qilinib, ushbu tanlovlarda jami 1 mln. 50 ming nafar nomzod tanlovda ishtirok etish uchun ariza yuborgan boʻlib, bitta vakant lavozimga oʻrtacha 34 nafar nomzod toʻgʻri kelmoqda.

 Bugungi kunda tanlovlarning 538 tasi — hujjat topshirish jarayonida, 2 155 tasi hujjat topshirish muddati tugallanib test va suhbat oʻtkazish jarayonida, 27 977 tasi boʻyicha esa tanlov yakuniga yetgan.

 2024-yilning 4-noyabr kuni holatida, vacancy.argos.uz portalida davlat organlari va tashkilotlaridagi 310 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlariga ochiq tanlovlar e'lon qilingan.

Eng koʻp tanlov tashkil etgan tashkilotlar

 Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov orqali ishga qabul qilish boshlangandan buyon oʻz tizimidagi vakant lavozimlar uchun eng koʻp tanlov tashkil etgan tashkilotlar:

 — Yoshlar ishlari agentligi;

 — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi;

 — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi;

 — Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

 — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi;

 — Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi;

 — Qishloq xoʻjaligi vazirligi;

 — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;

 — Prezident huzuridagi Statistika agentligi.

 Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida tuman (shahar) hokimliklari tizimida – 1 781 ta vakant lavozimlarga portal orqali e'lon berildi.

Tanlovlar hududlar kesimida

 Tanlovlar hududlar kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 1 436 ta, Andijon viloyati – 2 317 ta, Buxoro viloyati – 1 994 ta, Jizzax viloyati – 1 317 ta, Qashqadaryo viloyati – 3 111 ta, Navoiy viloyati – 3 767 ta, Namangan viloyati – 1 711 ta, Samarqand viloyati – 3 028 ta, Sirdaryo viloyati – 1 369 ta, Surxondaryo viloyati – 2 015 ta, Toshkent shahar – 1 324 ta, Toshkent viloyati – 1 783 ta, Fargʻona viloyati – 2 712 ta, Xorazm viloyati – 1 640 ta hamda vazirlik va idoralarning markaziy apparati – 1 146 ta tanlovlar oʻtkazgan.

Tanlov gʻoliblarining 5 918 nafari ayollar

 Tanlov yakuniga yetgan 27 977 ta vakant lavozimlarning 16 825 tasi (60%) malakali xodimlar bilan jamlandi, 11 152 ta (40%) vakant lavozimlarga esa qayta tanlov e'lon qilindi.

 Tanlov gʻoliblarining 6 025 nafari 30 yoshgacha boʻlganlar, 5 918 nafari ayollar, 2 723 nafari davlat xizmatiga birinchi marotaba qabul qilinganlarni tashkil etadi.

 Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali e'lon qilinayotgan tanlovlar yuzasidan savollar va takliflar yuzaga kelganda Agentlikning 71-239-34-76 raqamli telefoni yoki Telegram tarmogʻidagi vacancy_argos_bot orqali murojaat qilish mumkin.