$
 12042.05
68.15
 13744.80
44.26
 155.03
0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market Uzum ekotizimida tovarlarni targ’iblash imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Uzum market

2026-yil 22-iyuldan boshlab Uzum Market Uzum raqamli ekotizimi doirasida sotuvchilarning tovarlarini targ‘ib qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Endilikda tovar kartochkalari va ularning alohida elementlari nafaqat Uzum Market platformasida, balki Uzum ekotizimiga kiruvchi boshqa raqamli xizmatlar, saytlar, mobil ilovalar, veb-interfeyslar, shuningdek, reklama va axborot kanallarida ham aks ettirilishi mumkin. Bu sotuvchilarga tovarlarni targ’iblash uchun qo‘shimcha kanal olish, ularning ko‘rinishini oshirish va potensial xaridorlarni qamrab olishni kengaytirish imkonini beradi.

Bunda tovarlarni ekotizim servislarida joylashtirish axborot yoki boshqa xususiyatga ega bo‘ladi. Xaridni rasmiylashtirishning barcha bosqichlari, jumladan, buyurtmani rasmiylashtirish, to‘lov, yetkazib berish va tovarni qaytarish, amaldagi marketpleys qoidalariga muvofiq faqat Uzum Market platformasida amalga oshiriladi.

O‘zgarishlar Vositachilik shartnomasi va Marketpleys bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomada aks ettirilgan. Hujjatlardagi yangilangan bandlar bilan havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Uzum Market targ‘ibot vositalarini rivojlantirishni davom ettiradi va Uzum raqamli ekotizimi doirasida sotuvchilarning auditoriyaga kirishini kengaytirib, ularning biznesini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

 

Reklama huquqlari asosida