$
 12015.96
-26.53
 14051.46
-96.06
 160.30
-0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market DBS sxemasi bo‘yicha yangi toifani ishga tushirmoqda va sotuvchilarning ishlashi uchun bir qator komissiyalarni yangilamoqda

2026-yil 11-maydan boshlab Uzum Market «Hayvonlar va hasharotlar» sotuvi uchun yangi toifani ishga tushiradi. Endi sotuvchilar platformada hayvonlar va hasharotlarni faqat DBS sxemasi bo‘yicha sotishlari mumkin. Ushbu toifa uchun 7% miqdorda komissiya belgilangan.

Joylashtirish va sotish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

  • veterinariya hujjatlari (bir qator hayvonlar uchun pasport, sog‘liq to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar);
  • veterinariya guvohnomasi — import qilingan hayvonlar uchun;
  • asalarilar va hasharotlar uchun — sanitariya va veterinariya xavfsizligi to‘g‘risidagi hujjatlar (agar bu qoidalarda nazarda tutilgan bo‘lsa);
  • boshqa hujjatlar, agar ularning mavjudligi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, veterinariya qoidalariga, hayvonlarni tashish qoidalariga, shuningdek vakolatli davlat organlarining talablariga ko‘ra majburiy bo‘lsa.

Sotuvchi mustaqil ravishda va o‘z hisobidan hayvonlar va hasharotlarni saqlash, topshirishga tayyorlash, tashish va xaridorga yetkazib berishni veterinariya-sanitariya, transport va boshqa majburiy talablarga, shu jumladan idishlar, qafaslar, konteynerlar, markirovkalash, harorat tartibi, hayvonlar xavfsizligi va farovonligi talablariga rioya etgan holda ta’minlaydi.

Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.

Shuningdek, Uzum Market yangi «Abonementlar va sertifikatlar» toifasini ishga tushirmoqda. Endilikda sotuvchilar nafaqat sport tovarlarini, balki muntazam xizmatlar va obunalarni ham sotishlari mumkin. Bu xaridor bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatishga va takroriy xaridlarni ko‘paytirishga yordam beradi.

Yangi komissiya stavkalariga ega toifalarning to‘liq ro‘yxati havola orqali mavjud.

Uzum Market platformasida assortimentni kengaytirish va mahalliy sotuvchilarning o‘sishi va rivojlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirishda davom etmoqda.

Reklama huquqlari asosida