$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Statistika agentligi Otabek Bakirovni O‘zbekiston imijiga putur yetkazishda aybladi

otabek bakiroc

Iqtisodchi bloger Otabek Bakirovning Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanalida e’lon qilingan “O‘zbek statistikasi: oktyabrda benzin 1,5%ga, propan 1,2%ga qimmatlagan, inflyatsiya 0,8%ga tushgan” deb nomlangan postiga Statistika agentligi munosabat bildirdi.

Bakirov nima deydi?

Blogerning bugun joylagan postiga ko‘ra, Statistika agentligi e’lon qilgan narxlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi kuzatuvlaridan farq qiladi hamda oxirgi 8 yildan farqli ravishda inflyatsiya 10.2 %gacha tushirilgan.

— Eng qizig‘i yoqilg‘i narxlari bilan bog‘liq. Statagentlikka ko‘ra, oktyabrda benzin narxi 1,5%ga, propan narxi esa 1,2%ga ko‘tarilgan xolos. Agentlik benzin va propan narxlarini qaysi hududlarda va qaysi shoxobchalarda kuzatayotgani e’lon qilib qo‘ysa bo‘lardi (o‘zbekistonliklar ham o‘sha arzon shoxobchalardan yoqilg‘i olish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari uchun), — deya o‘z postini murojaat ham ochiq savol shaklida yakunlagan Otabek Bakirov.

Agentlikning da’vosi boshqacha

Bloger e’lon qilgan materialga munosabatda keltirilishicha, Statistika agentligi tomonidan inflyatsiya darajasi to‘g‘risida e’lon qilingan tahliliy ma’lumotlar ilmiy asoslangan hamda xalqaro tavsiya va standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan metodologiyaga asosan amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijasida shakllantirilgan.

“Shu sababli, e’lon qilingan statistika ma’lumotlariga nisbatan “tushirilgan” kabi asossiz vajlarni keltirish noo‘rin deb hisoblaymiz. Bu o‘z navbatida, xalqimiz va xalqaro hamjamiyat oldida O‘zbekistonning ijobiy imijiga salbiy ta’sir uyg‘otishi tabiiy hol. Bunday so‘zlar va tahlillar aynan xalqaro investorlarni chalg‘itishga sabab bo‘lib, mamlakatimizning investitsion jozibadorligi va salohiyatini oshishiga salbiy ta’sir o‘tkazadi”, – deb yozmoqda Statistika agentligi matbuot xizmati.

Yillik inflyatsiya 1,2 %ga oshgan

Bundan tashqari, yillik nisbatdagi inflyatsiya o‘tgan yilning oktabrida qayd etilgan yillik ko‘rsatkichdan 1,2 % ga baland bo‘ldi. Ya’ni, yillik inflyatsiya darajasi tezlashgan.

Shuningdek, iqtsisodchi oʻz postida Statistika agentligi benzin va propan narxlarini qaysi hududlarda va qaysi shoxobchalarda kuzatayotganligi to‘g‘risida ma’lumot berishini so‘ragan.

Statistika agentligi bloger so‘rovini rad etdi

Bloger tomonidan aytilgan “Agentlik benzin va propan narxlarini qaysi hududlarda va qaysi shoxobchalarda kuzatayotgani e’lon qilib qo‘ysa bo‘lardi (o‘zbekistonliklar ham o‘sha arzon shoxobchalardan yoqilg‘i olish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari uchun)” so‘rovi qonunchilik talablariga to‘g‘ri kelmasligi vaji bilan etildi. Rasmiy munosabatda keltirilishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonuni 28-moddasiga asosan, jismoniy yoki yuridik shaxslarni bevosita yoki bilvosita identifikatsiyalash imkonini beradigan statistika ma’lumotlari maxfiy ma’lumotlar hisoblanadi va statistika organlari mazkur turdagi ma’lumotlarni oshkora etmaslikni kafolatlaydi.

“Sizga kelgusidagi faoliyatingizga omad tilagan holda, rasmiy statistika ma’lumotlariga nisbatan asossiz vajlar bilan jamoatchilikda shubha uyg‘otmaslik va ularning fikrini chalg‘itmaslikka chaqiramiz”, – deyiladi xabarda.