Uz Chasys kompaniyasini sotib olishga ikki investor qiziqmoqda
Ma’lumot uchun, kompaniyadagi davlat ulushi 70 foizni tashkil qiladi. Shuningdek, qolgan 30 foizga egalik qiluvchi kompaniya ham o‘z ulushini sotishga tayyor.
1 daqiqa o‘qiladi

Uz Chasysdagi davlat ulushining 70 foizni xususiylashtirish bo‘yicha ikki investor ariza topshirdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.
Ular keying bosqichda
Unga ko‘ra, investorlar keyingi xususiylashtirish bosqichiga o‘tishga ruxsat berildi. Kelgusi yilning 31-yanvariga qadar ular Portfolio Investments maslahatchisiga majburiy takliflar taqdim etishi lozim.
Shuningdek, Uz Chasysda 3 foiz ulushga ega AMS Co. Ltd kompaniyasi aksiyalar paketini sotishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Uz Chasys faoliyati
Ma’lumot uchun, Uz Chasys 2008-yildan beri O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishi Chevrolet Cobalt, Lacetti va Spark avtomobillari uchun yoritish tizimlarini ishlab chiqarishdan iborat.



