Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 72 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +8°
Читать на русском

MKBANK maktab yoshidagi bolalar uchun Uzcard Kids kartasini taqdim etdi

Uzcard Kids bank kartasi orqali endilikda ota-onalar farzandlariga moliyaviy odatlarni shakllantirishni o‘rgatib, ularni asta-sekin moliyaviy mustaqillikka tayyorlashi mumkin.

1 daqiqa o‘qiladi

MKBANK maktab yoshidagi bolalar uchun Uzcard Kids kartasini taqdim etdi

Mikrokreditbank maktab yoshidagi farzandlar uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida Uzcard Kids kartasini muomalaga chiqardi. Ushbu karta yordamida ota-onalar farzandining xarajatlarini kuzatishi, jamoat transportidan chegirma bilan foydalanishi, oylik limit belgilashi va “Mavrid” ilovasi orqali karta hisobini to‘ldirishi mumkin.

Asosiy shartlar:

 • Karta narxi: 40 000 so‘m

 • Amal qilish muddati: 5 yil

 • Naqd pul yechish: 1% komissiya

 • Ish haqi va ijtimoiy to‘lovlar: bepul

 • Karta almashtirish: 40 000 so‘m

 • Farzand nomiga ochiladigan karta uchun ota-onaning ID kartasi yoki pasporti talab etiladi.

Bank axborot xizmatining ta’kidlashicha, bu karta orqali farzandlar moliyaviy mustaqillikni o‘rganadi, ota-onalar esa xarajatlar ustidan nazoratni saqlab qoladi.


Reklama huquqi asosida