$
 12073.42
-72.23
 14134.35
-134.36
 164.47
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘ZBEKENERGOTA’MIR” AJ elektr stansiyalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlashda faol ishtirok etmoqda

e 5 13

Issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida 2024-2025-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jami 53 ta obyektda, shu jumladan, 14 ta energoblok, 28 ta qozon qurilmasi, 7 ta bug‘-gaz qurilmasi, 3 ta gaz-turbina qurilmasi va 1 ta turbogeneratorda mukammal, o‘rta va joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Bunda asosiy pudratchilardan biri sifatida “O‘zbekenergota’mir” AJ ishtirok etmoqda.

Mavsumga tayyorgarlik joriy yilning fevral oyidan boshlangan bo‘lib, bugungi kunga kelib 1 ta energoblok, 2 ta bug‘-gaz qurilmasi, 3 ta qozon agregatida ta’mirlash ishlari yakunlandi. Ayni kunlarda 1 ta bug‘-gaz qurilmasi, 5 ta energoblok va 14 ta qozon agregatlarida ta’mir ishlari amalga oshirilmoqda.

Rejalashtirilgan ta’mir ishlari to‘liq amalga oshirilishi evaziga energoqurilmalarning mavjud quvvati 281 MVt hamda qozon qurilmalarining ishlab chiqarish quvvati 150 tonna-soatga oshirilishiga erishiladi.