Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +6° kechasi +6°

Infografika: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo va investisiyaviy hamkorlik

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonning Rossiya bilan 7 yil davomidagi savdo va investitsiyaviy hamkorligini tahlil qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Infografika: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo va investisiyaviy hamkorlik

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonning Rossiya bilan 7 yil davomidagi savdo va investitsiyaviy hamkorligini tahlil qildi.

O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari uchligida Rossiya ham bor

Rossiya tashqi savdo bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari uchligiga kiradi.

Tovar ayirboshlash hajmi 2,1 barobarga oshgan

2017-2023-yillarda tovar ayirboshlash hajmi 2,1 barobarga oshib, 9,9 milliard dollarni, eksport 1,6 barobarga oshib, 3,3 milliard dollarni, import 2,4 barobarga oshib, 6,6 milliard dollarni tashkil etdi.

“Erkin savdo” rejimi

O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama (MDH doirasida) kelishuvlarga muvofiq “erkin savdo” rejimida amalga oshiriladi.

Rossiya investisiyalarining umumiy hajmi 10,2 milliard dollar

Rossiyadan kiritilayotgan investisiyalar hajmida ham ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Shunday qilib, 7 yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘plangan Rossiya investisiyalarining umumiy hajmi 10,2 milliard dollardan ortiqni tashkil etdi.

O‘zbekistondagi Rossiya korxonalari

Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 3059 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.