$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzbekistan Airways'ning besh soatga kechikkan reysi sabab yo‘lovchilarga chipta pullari qaytarildi

uzairways

Raqobat qo‘mitasiga o‘tgan yilda davomida aviakompaniyalarda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning talab darajasida emasligi borasida jami 240 yaqin murojaatlar kelib tushgan. 

Iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan mablag‘lar

O‘rganishlar natijasida iste’molchilar foydasiga 220 million so‘mga yaqin pul mablag‘lari qayta hisob-kitob qilingan.

Jumladan, fuqaro S.T “Toshkent-Namangan” yo‘nalishida 2024-yil 24-noyabr kuni soat 07:20da uchib ketish uchun HY-93 reysga elektron aviachipta xarid qilganligi, uchish kuni aeroportga soat 06:00da borganligi ammo reys soat 09:20ga kechiktirilganligi, ovoz uzatkich orqali ya’na soat 10:20ga ko‘chirilganligi, shu tariqa 5 soat kutish zalida qolib ketganligi, jamiyat tomonidan kutish zalida qolib ketgan yo‘lovchilarga dam olish xonasi, taomlanish va ichish uchun toza ichimlik suvi taklif e’tilmaganligidan noroziligini bildirgan.

Qo‘mitaning tekshiruvi

Qo‘mita tomonidan mazkur murojaat o‘rganib chiqilishi natijasida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi haqiqatan ham parvoz vaqti ob-havo sharoiti yomonlashganligi sababli HY-93 reysning parvozi 5 soat 54 daqiqaga kechiktirilganligi sababli 22 nafar yo‘lovchilar o‘z ixtiyorlari bilan parvoz qilishdan bosh tortganliklari uchun aviachiptaga sariflangan pul mablag‘lari iste’molchilarga qaytarib berish choralari ko‘rildi.

Qonunchilik talablari

Ma’lumot uchun, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 19-moddasida ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart. 

21-moddasida esa shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan va qonunchilikka zid bo‘lgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar ularni qo‘llanishi natijasida iste’molchiga zarar yetkazilgan bo‘lsa, bu zarar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozimligi belgilangan.

Теги :
Jamiyat