$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

“Uzbekistan Airways” rasman monopolist deb topildi

Uzairways

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Uzbekistan Airways” va “Silk Avia” aviakompaniyalarini ustun mavqega ega deb topdi. Bu bo‘yicha 13-dekabr kuni qo‘mita raisining tegishli buyrug‘i qabul qilingan.

Bozordagi ulush 40 foizdan ko‘p

Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airways” hamda tarkibiga “Silk Avia” kiruvchi “Uzbekistan Helicopters” shuba korxonasi shaxslar guruhi sifatida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish bozorida ustun mavqega ega deb tan olingan. Xususan, ularning bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etadi.

Bundan tashqari, “Uzbekistan Airways” xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi, yuk va pochta tashish xizmati bozorining 40 foizdan ortig‘ini egallaydi.

Kompaniyaga tegishli xabarnoma jo‘natilishi kerak

Har ikkita holat “Raqobat to‘g‘risida’gi qonunning tegishli moddasi bilan ustun mavqega ega, deya e’tirof etish uchun asos bo‘ladi.

Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish boshqarmasiga 3 kun ichida “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Helicopters”larga tegishli xabarnoma yuborish topshirilgan.

Hozirda “Uzbekistan Airways” yo‘lovchilar va yuklarni tashish, pochta tashish xizmati, “Uzbekistan Helicopters” esa qishloq xo‘jaligi aviatsiyasi xizmatlari bozorida ustun mavqega ega kompaniyalar sifatida reyestrga kiritilgan.

Kompaniyaning yo‘lovchi tashish hajmi 32 foizga oshdi

Yaqinda Pulkovo aeroporti 2024-yil yakunlarini sarhisob qilib, eng yaxshi aviatashuvchilar va sayyohlik operatorlarini aniqlagan edi.Unga ko‘ra, Pulkovo Awardsni topshirishning birinchi marosimida yo‘lovchi tashish, yangi yo‘nalishlar, transfer tashuvlari va turizmni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun 16 nominatsiya bo‘yicha mukofotlar topshirildi.

Mazkur taqdirlashda “Uzbekistan Airways” eng tez rivojlanayotgan xorijiy aviatashuvchi sifatida e’tirof etildi.

Ta’kidlanishicha, 2024-yilda kompaniyaning yo‘lovchi tashish hajmi 32 foizga oshdi. Aviakompaniyaning yangi yo‘nalishlari qatorida Namangan, Qarshi va Farg‘onaga parvozlar ham bor.

Qaysi hollarda ustun mavqe deb e’tirof etiladi?

Tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb e’tirof etiladi:

·      agar xo‘jalik yurituvchining yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud bo‘lmasa;

·      agar xo‘jalik yurituvchining yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa;

·      agar xo‘jalik yurituvchi yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti deb e’tirof etilsa;

·      agar xo‘jalik yurituvchiga yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun belgilangan tartibda mutlaq va eksklyuziv huquq berilgan bo‘lsa.

Qaysi hollarda ustun mavqe e’tirof etilmadi?

Oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi BHMning 30 ming baravari (11,1 mlrd. so‘m) dan kamroqni tashkil etuvchi xo‘jalik yurituvchining yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozoridagi holati ustun mavqe deb e’tirof etilmaydi. Bundan tabiiy monopoliya subyektlari, mahsulotlarining narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan xo‘jalik yurituvchilar mustasno.

Naxrlar masalasi qanday tartibga solinladi?

Xo‘jalik yurituvchining yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeyi e’tirof etilgan kundan uch kunda vakolatli davlat organi bu haqda ularga xabarnoma yuboradi, mazkur xo‘jalik yurituvchining yoki shaxslar guruhining tovarlariga nisbatan narxlar davlat tomonidan tartibga solingan taqdirda esa bu haqda narxni tartibga soluvchi organga ham xabar beradi.

Теги :
Jamiyat