Oʻzbekistonda 2 nafar bolali uy xoʻjaliklar ulushi 24,5 foizga yetdi
Bu koʻrsatkich 2022-yilda 26,3 foizni, 2023-yilda esa 26,7 foizni tashkil etgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari ma'lumotlariga asosan 2024-yilning yanvar avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda ikki bolali uy xoʻjaliklar 24,5 foizni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlarga asosan ma'lumot berdi.
Mazkur koʻrsatkich 2022 yilda – 26,3 foizni, 2023 yilda esa 26,7 foizni tashkil etgan.
84,8 foiz uy xoʻjaliklari hovlida yashaydi
Eslatib oʻtamiz, avval Statistika agentligi Oʻzbekistonda 84,8 foiz uy xoʻjaliklari hovlida yashashini ma'lum qilgandi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar —noyabr holatiga koʻra, mamlakatda uy xoʻjaliklarining yashashi boʻyicha uy-joy turlari quyidagicha:
alohida uy (xususiy hovli) – 84,8 foiz;
koʻp kvartirali uylar – 14,4 foiz;
boshqa turdagi uy-joylar – 0,8 foiz.



