$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilarga milliy sertifikat uchun 50 foizlik ustama beriladi

sertifikat imtihon test

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonida 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

Vazifa bajarilishiga kim mas’ul?

Mazkur vazifaning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ul etib Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova belgilangan. Ya’ni, vazirlik hech qanday vajlarsiz mazkur topshiriq ijrosini 1-yanvardan boshlab bajarishi shart qilib qo‘yilgan.

Hozir ustama miqdori qancha?

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF- 134-son Farmoniga muvofiq milliy sertifikatga ega bo‘lgan ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga to‘lanadigan ustama miqdori 20 foizni tashkil etadi. 2025-yildan boshlab esa ushbu ustamalar miqdori 50 foizga oshirilishi belgilangan.

Теги :
Jamiyat