$
 12586.41
54.63
 14758.82
220.7
 160.42
0.6
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Alisher Usmonovning qimmatbaho villasi sotuvga qo‘yildi

Usmonov villasi

Germaniyaning Bavariya federal hududida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan oligarx Alisher Usmonov uzoq vaqt yashagan villa sotuvga qo‘yildi. Münchner Merkur nashriga ko‘ra, uy Germaniyaning yangi tarixidagi eng qimmat xususiy mulkka aylangan.

Villa nima uchun sotilmoqda?

Villaning boshlang‘ich narxi 25 million yevro deb belgilangan. U Germaniyadagi ko‘chmas mulk sotuvi bilan bog‘liq ma’lumotlarni yig‘adigan Immowelt saytidagi eng qimmat uyga aylandi. Bu internet-platforma 1996-yildan beri faoliyat yuritadi. Villani sotuvga chiqargan shaxs – Ulrix Kramer. U sud qarori asosida mol-mulkni sotish bilan shug‘ullanuvchi arbitraj boshqaruvchisi hisoblanadi. Uning aytishicha, Bavariyaning Volfratsxauzen shahridagi tuman sudi unga Men orolida ro‘yxatdan o‘tgan Tegernsee (IOM) Limited ofshor kompaniyasi kreditorlarining da’volarini qondirishni topshirgan. Aynan shu kompaniya 2011-yilda ushbu villani 7,2 million yevroga xarid qilgan. Kramerning so‘zlariga ko‘ra, bu kompaniya moliyaviy qiyinchilikka uchragan, chunki firmaning aktivlari asosan ko‘chmas mulkdan iborat bo‘lib, bu qarzlarni to‘lash uchun yetarli emas. Shuning uchun, bankrotlik jarayonida villani sotish va tushgan mablag‘ni qarzlarni to‘lashga yo‘naltirish zarur.

Picture background

Oroldagi qolgan obyektlar haqida

Uch qavatli villa 4700 kv. metr yer maydonida joylashgan bo‘lib, Rottax-Egern qishlog‘ida, Tegernzeye ko‘li sohilidagi Fishershtrasse 12 manzilida joylashgan. 2011-yildan keyin Usmonov bu uyni haftasiga 77 000 yevro to‘lab, Tegernsee (IOM) Limited kompaniyasidan ijaraga olgan. Münchner Merkur nashri bu kompaniyani “soxta firma” deb atagan va villani ta’mirlash uchun yana bir necha million yevro sarflanganini qayd etgan. Kramer ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu villada 735 kv. metr yashash maydoni, 4 ta yotoqxona va ikki yuqori qavatda joylashgan hojatxonalar mavjud. Shuningdek, 750 kv. metr maydonga ega sauna va 20 metrli basseyn ham bor. Kramer “agarda villa sotilsa, tushgan mablag‘ bankrotlik jarayoni uchun ochilgan hisobga yo‘naltiriladi, bu hisobga faqat mengina kirishim mumkin”, deb ta’kidlagan. Shuningdek, yurist villani “maxfiy marketing kampaniyasi” orqali faqatgina tor doiradagi manfaatdor shaxslarga sotishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Kramer villaning oldidagi kema garajini ham sotgan. Bu binoga Rottax-Egernda yashovchi shaxs 1 million yevro atrofida pul to‘lagan. Bundan tashqari, u Usmonov xodimlari yashagan ikki qavatli uyning yarmini sotish bo‘yicha bir nechta rieltorlar allaqachon qiziqish bildirganini aytgan. Bu uy 2018-yilda 2 million yevroga xarid qilingan edi.

Usmonovning Germaniyaga eltgan omil

Usmonovni Bavariyaga eltgan hodisa — uning Myunxendagi shifokorda ko‘zini davolatgani bo‘ladi. U davolanish bilan barobar o‘ziga yaqin joyda yashashga qaror qilgan. Qayd etilishicha, Usmonov keyinchalik shu qishloqning o‘zida boshqa soxta kompaniyalar orqali yana ikki uy sotib olgan. Ulardan biri faqat xizmatkorlar, qo‘riqchilar va haydovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. Münchner Merkur nashriga ko‘ra, 2015-yildan beri Tegernsee (IOM) Limited kompaniyasida 12 kishi ishlagan. Hozirda Myunxen prokuraturasi Usmonovga nisbatan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha tergov ishlarini davom ettirmoqda. Tergovchilar Usmonovning 2014-yildan boshlab Rottax-Egernda yashaganini isbotlaydigan dalillar bor, deb hisoblaydi. Bu esa uning mahalliy soliqlarni to‘lashi kerakligini anglatadi. Ma’lum bo‘lishicha, u kuz va qish oylarida bir necha oylab Tegernzeye sohillarida yashagan, hatto bir paytning o‘zida ham Myunxenda, ham Rottax-Egernda rasman ro‘yxatdan o‘tgan.

Picture background

Yevropa Ittifoqi sanksiyalari 

Usmonov Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatida 673-raqam ostida qayd etilgan. Bu qaror Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan to‘rt kun o‘tib qabul qilingan. Tashkilot uni “Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga tahdid soluvchi shaxs”, deb e’lon qilgan. Usmonov nemis banklari hisoblaridagi pullarni Shveysariyaga o‘tkazishga ulgurmagani uchun ular muzlatilgan. U bu mablag‘lardan foydalana olmasligi kerak edi, biroq bir muddat Rottax-Egerndagi villasining qo‘riqchilariga muzlatilgan mablag‘lardan haq to‘langan. Shu sababli, unga qarshi “muzlatilgan mablag‘larni noqonuniy ishlatish” bo‘yicha ham ish ochilgan. 2022-yil sentyabrida Germaniyada Usmonovga tegishli deb hisoblangan villalar va obyektlarda tekshiruvlar o‘tkazilgan. 2023-yil oktyabrida esa uning Tegernzeyedagi villasi yana tekshirilib, bir nechta qimmatbaho avtomobillar musodara qilingan. Biroq, 2023 yil noyabrida Frankfurt-na-Mayn sudi bu tintuvlarni noqonuniy deb topib, Usmonovning musodara qilingan mulkini qaytarishga qaror qilgan.

Теги :
Jamiyat