$
 12610.17
-9.84
 13526.93
4.59
 135.24
-0.5
weather
+26
Кечаси   +14°

III Jahon urushi xavfi: Yadro bombalardan ham xavfliroq biologik qurol yaratilmoqda

Sh Koreya

Shimoliy Koreya chechak va kuydirgi kabi xavfli kasalliklarni tarqatuvchi mikrobli sprey va uskunalar yaratyapti. Bu haqda The Sun xabar berdi.

AQSH Davlat departamenti hisoboti

AQSH Davlat departamentining tegishli hisobotida KXDRning milliy darajada maqsadli hujumkor biologik qurollar dasturi borligi qayd etilgan. Bir qancha ekspertlar bunday qurollar yadro qurolidan ham xavfliroq bo‘lishi mumkinligini ta'kidlashmoqda. Shimoliy Koreya 1960-yillardan buyon o‘z arsenalida biologik qurollarga ega, shuning uchun KXDR yadroviy quroldan ko‘ra biologik quroldan foydalanish ehtimoli ko‘proq, — deb yozadi The Sun ekspertlarga tayanib.

Shimoliy Koreya salohiyati

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya ushbu qurollarni ommaviy ishlab chiqarish, ularni raketa, dron, samolyot va purkagichlar orqali tarqatishda sanoat salohiyatiga egaligi xavf tug‘diradi. Yadroviy dasturlarni yadro va raketa sinovlarining muvaffaqiyati bilan kuzatish mumkin bo‘lsa-da, mikroblar yetishtirish yopiq eshiklar ortida ko‘rinmas bo‘lib qolishi mumkin. Bundan tashqari, biologik qurollarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan uskunalar ko‘pincha qishloq xo‘jaligida ikki tomonlama maqsadga ega. Bu tashqi monitoring va tekshirishni deyarli imkonsiz qiladi, — deya bayon qilinadi AQSH Davlat departamenti hisobotida.