$
 12857.35
22.74
 14672.81
10.55
 163.45
0.8
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Rossiya-Ukraina urushini 24 soatda tugatishga va’da bergan Tramp endi barchasi bir haftada hal bo‘lishini ta’kidlamoqda

Urush

Xabaringiz bor, AQSh Prezidenti Donald Tramp saylovoldi dasturlarida Rossiya-Ukraina urushini 24 soat ichida hal qilishga va’da berib, hammaning e’tiborini o‘ziga qaratgan edi. Oq uy vakillarining so‘zlariga ko‘ra, hozircha muzokaralar davom etmoqda va urushga oid yakuniy kelishuv kelasi hafta amalga oshishi mumkin.

Kelishuv yaqin orada imzolanishi mumkin

Oq uy matbuot kotibi Karolin Leavittning bayonotiga ko‘ra, Tramp ma’muriyati har ikki tomon bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va prezident mojaroni tez fursatda hal qilishga ishonch bildirayotganini ta’kidlagan.

AQSh Ukrainadan tabiiy boyliklar evaziga tinchlikni taklif qilmoqdami?

Tramp jamoasi Ukraina bilan tabiiy resurslarga oid yangi kelishuv ustida ishlayotgani ham ma’lum bo‘ldi. Prezidentning fikriga ko‘ra, AQSh tomonidan Kiyevga berilgan yordam evaziga Ukraina tabiiy boyliklaridan ma’lum ulush olinishi kerak.

Biroq yangi hujjatda oldingi kelishuvga qaraganda talablar kuchaygan. Endi AQSh endi Ukrainadan 50% emas, balki 100% tabiiy resurslarni nazorat qilishni taklif qilmoqda. Ushbu shartnoma gaz va neftni ham qamrab oladi. Sotuvdan tushgan mablag‘lar maxsus jamg‘armaga yo‘naltiriladi, ammo uning to‘liq nazorati AQShga tegishli bo‘ladi.

AQSh hech qanday investitsiya majburiyatini olmaydi

Kelishuvda Ukraina xavfsizligi bo‘yicha hech qanday kafolat berilmagan, shuningdek, AQSh hech qanday investitsiya majburiyatini zimmasiga olmaydi. Ukraina ushbu shartlarni o‘zgartirish va mablag‘larni faqat Ukrainaga investitsiya qilish shartini ilgari surmoqda.

Kiyev shartnomani imzolashga majbur bo‘lishi mumkin

Manbalarga ko‘ra, Ukraina ushbu kelishuvni imzolashga majbur bo‘lishi mumkin, chunki bu muzokaralarni davom ettirish va urushni tinch yo‘l bilan hal qilishning yagona yo‘li sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Ukrainaga to‘liq bosqini boshlanganiga uch yil to‘lmoqda.

Теги :
Jamiyat