$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Ukrainadagi urushni bir necha oy ichida to‘xtatish mumkin

Ukraina

AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogning aytishicha, davlat rahbari mojaroga barham berish uchun ham ruslarga, ham ukrainaliklarga bosim o‘tkazish niyatida.

Bir necha oy ichida sulhga erishish mumkin

Uning fikricha, bir necha oy ichida sulhga erishish mumkin.

“Agar biz bu urushni to‘xtata olsak, bu butun dunyoga, jumladan, Qo‘shma Shtatlarga ham foyda keltiradi. O‘t ochishni to’xtatish va doimiy tinchlikka erishish bir necha oy ichida ro‘y berishi mumkin”, dedi Kellog Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritiladimi?

Jurnalistlar maxsus vakildan Donald Tramp ma’muriyati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qiladimi, deb so‘radi. Kellog bu mavzu bo‘yicha javob berishga vakolati yo‘qligini aytdi.

Avvalroq Donald Tramp jurnalistlarga AQSh allaqachon Rossiya hamda Ukraina bilan mojaroga barham berish masalasini muhokama qilayotganini aytgandi. U yaqin orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan jiddiy masalada gaplashib olmoqchiligini ham ma’lum qilgan.

Urushni 100 kunda tugatish topshirig‘i

Donald Tramp Ukraina bo‘yicha vakili Kit Kellogga urushni 100 kunda tugatishni topshirgani xabar qilingandi.

Kellogning o‘zi ham Trampning inauguratsiyasidan oldinroq Fox News telekanali efirida Ukrainadagi harbiy mojaroni 100 kun ichida hal qilish uchun yechim topishni xohlashini aytgandi. Biroq o‘sha paytlardayoq ekspertlar bunday intilishni noreal deb atashgan.

Теги :
Jamiyat