$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

“Kashsheyning tuxumi qayerda?”: Ular bir-birini tosh asriga qaytarishi mumkin

Iran vs Israel

1-oktyabr oqshomi Eron Isroilga yuzlab raketalarni uchirdi. Isroil matbuotiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 500 ga yaqin raketa uchirilgan. Ularning aksariyati havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan, biroq ba’zilari Temir gumbazni yorib o‘tib, bir qancha binolarga zarar yetkazgan. Jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda. Bir kishi o‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan. Umuman olganda, har ikki tomonda ham keskin choralar ko‘rish, iqtisodiy holatni tang ahvolga olib kelish uchun imkoniyatlar bor, sizda esa qanday qilib, degan savol tug‘ilishi tabiiy?! Keling, biz shu qiziqarli savolga javob izlashga urinib ko‘ramiz.

Hujum sababi

Dastlab, oqshom sodir bo‘lgan voqealar tafsilotiga to‘xtalsak, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi kechagi zarbani Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘limiga javoban amalga oshirganini aytdi. Shuningdek, agar Isroil Eronning harakatlariga javob qaytarsa, bundan ham dahshatli hujumlarga duch kelishi haqida ogohlantirilgan. 

Benyamin Netanyaxuning bayonoti

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu esa Eronning zarbasi Isroil havo mudofaasi va AQSH yordami tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi. Netanyaxu, shuningdek, Isroil hujumlarida halok bo‘lgan Falastinning XAMAS yetakchilari Ismoil Xaniya va Muhammad Deif hamda Livandagi "Hizbulloh" yetakchilari Hasan Nasrulloh va Fuad Shukrni esladi. Ular buni tushunmadi va Tehronda buni tushunmaydiganlar ham bordir, deb qo‘shimcha qildi Isroil bosh vaziri.

O‘zbekiston elchixonasi ogohlantirishi

Bu orada O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi. Intensiv raketa otishmalari munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qildi:

1. Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kiring.

2. Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qiling.

3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring.

Isroilning ojiz nuqtasi

O‘ylaymizki, yuqoridagi tafsilotlar mavzudan yiroq mushtariyni biroz bo‘lsa-da, mavzuga yaqinlashtira oldi. Agarda shunday bo‘lsa, maqsadimizga yetibmiz. Endi yuqoridagi savol javobiga o‘tsak ham bo‘ladi. Barcha mamlakatlarning urush vaqti jon-joyi unda joylashgan muhim strategik obyektlar bo‘ladi. Mojaro ustidagi ikki davlatda ham bunday joylar yetarlicha. Masalan, Isroilda 15 ta issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Asosiylar qatoriga Isroilning eng yirik elektr stantsiyasi bo‘lgan Orot Rabin IES (2605 MVt), Rutenberg IES (2290 MVt), Eshkol IES (1693 MVt), HAGIT CCGT (1394 MVt), Gezer SSGT (1336 MVt), Ramat Hovav CCGT (1137 MVt), shuningdek Hayfa issiqlik elektr stansiyasi (1110 MVt) kiradi. Ushbu obyektlar zich joylashgan: deyarli barchasi bir-biridan 70-80 km radiusda joylashgan. 2023-yil 7-oktabrda Hamas Rutenberg IESga hujum qildi va hatto qisman zarar yetkazdi (HAMAS ilg‘or raketalarsiz va texnik jihatdan uncha rivojlanmagan tashkilot sanaladi). 

Eronning joni qayerda?

O‘z o‘rnida Eron Islom Respublikasi hududida ham bunday obyektlar soni yetarlicha va ularning ko‘lami ancha katta. Mamlakatda issiqlik elektr stansiyalarining o‘zi o‘ndan ortiq, xususan, Rudeshur, Kom, Ofoj, Shahad va Zagros. Bir qator sanoat korxonalarining faoliyati ularning ishlashiga bog‘liq. Shuningdek, Busherda AES va katta miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqaradigan GESlar kaskadi mavjud. Eron energiya tarmog‘i Isroilga qaraganda qisman barqarorroq va muvozanatli, ammo bu uning raketa zarbasiga qarshi tura olishini anglatmaydi. Farq shundaki, Eron hududi kattaligi va energiya tarmog‘ining arxitekturasi unga ancha katta zarbaga dosh bera olishga imkon beradi, Isroil esa bunday zarbadan omon qolishi qiyinroq bo‘ladi.

Теги :
Иқтисодиёт