Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°
Читать на русском

O'zbekistonda yaqinda ishlamay qolgan UnionPay’ni rivojlantiriladi

Asosiy e’tibor onlayn toʻlovlar, QR-kodli toʻlovlar va mahalliy banklar bilan integratsiyani rivojlantirishga qaratiladi.

1 daqiqa o‘qiladi

O'zbekistonda yaqinda ishlamay qolgan UnionPay’ni rivojlantiriladi

Markaziy bankda UnionPay xalqaro toʻlov tizimi vitse-prezidenti Liu Xeng boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi.

E’tibor onlayn to‘lovlar va QR-kodli to‘lovlarga qaratiladi

Unga ko‘ra, uchrashuvda kompaniyaning Oʻzbekistondagi faoliyati, erishgan yutuqlari va kelgusi rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda delegatsiya mamlakatda innovatsion xizmatlar, jumladan, onlayn toʻlovlar, QR-kodli toʻlovlar va mahalliy banklar bilan integratsiyani rivojlantirish rejalari haqida ma’lumot berdi.

Jarayon Xitoy bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda

Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda turistik salohiyatni hisobga olib, milliy toʻlov tizimlari bilan hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari ham koʻrib chiqildi.

Yaqinda O‘zbekistonda UnionPay ishlamay qolgan

Bir hafta avval O‘zbekiston banklari Rossiyaning “Gazprombank”i tomonidan chiqarilgan UnionPay kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgan edi. Unda ko‘ra, foydalanuvchilar bankomatdan naqd pul olishga uringanda, texnik xatolik haqida xabar paydo boʻlgan. O‘zbekiston Markaziy banki UnionPay kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish mamlakat tashabbusi emasligini ma’lum qilgan.