Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Sardor Umrzoqov omma oldiga qaytdi

U 2023-yilda Prezidentning maxsus topshiriqlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi. Ta’kidlanishicha, u davlat uchun ahamiyatga molik jarayonda qatnashmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Sardor Umrzoqov omma oldiga qaytdi


U 2023-yilda Prezidentning maxsus topshiriqlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi. Ta’kidlanishicha, u davlat uchun ahamiyatga molik jarayonda qatnashmoqda. 

Prezident Administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umrzoqov yana xorijiy diplomatlar sahifasida ko‘rinish berdi, deb yozmoqda Xabar uz nashri.

Jahon savdo tashkilotga a’zo bolish masalasi

2023-yil avgustdan buyon Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Sardor Umrzoqov O‘zbekistonni jahon savdo tashkilotiga a’zo qilish harakatlarida ishtirok etayotgani aytildi. Bu haqda “ODI Europe” direktorlar kengashi a’zosi Jonatan Charlz linkedin tarmog‘ida bu haqda post qoldirdi.

“O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida Sardor Umrzoqovni Suma Chakrabarti bilan birga ko‘rish juda yoqimli bo‘ldi. U mamlakatdagi islohotlarni targ‘ib qilishda davom etmoqda. Tashrifimiz davomida Toshkent shahrida xalqaro tijorat sudini tashkil etish, xorijiy investorlar uchun kampaniya boshlash va Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga yaqinlashish borasida yutuqlarga erishdik”, deb yozadi Jonatan Charlz.

Suma Chakraboti kim?

Suma Chakraborti O‘zbekiston prezidentning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi. Yaqinda uning prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvida O‘zbekistonning JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar jarayoni doirasidagi ishlarni faollashtirish, jumladan, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni tashkilot talablariga uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilingandi.

Umrzoqov Chakraborti bilan

Sardor Umrzoqov so‘nggi bor 2023-yilning dekabr oyida ko‘rinish bergandi. Unda Suma Chakraborti ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Sardor Umurzoqov bilan tushgan rasmni joylashtirib, tagiga izoh qoldirgan. 

Suma Chakraborti: O‘tgan hafta Toshkentda yaqin do‘stim, Prezident maslahatchisi Sardor Umurzoqov bilan juda yaxshi suhbatlar bo‘ldi. Prezidentni ko‘rgani birga borib, 2024 yilga mo‘ljallangan ish dasturimizni kelishib oldik. Toshkentga yanvarda qaytaman.