$
 12145.65
3.71
 14268.71
-21.14
 164.33
1.7
weather
+26
Кечаси   +14°

Eron AQShga ultimatum qo‘ydi: Muzokaralar taqdiri noaniq

Eron va AQSh o‘rtasidagi taranglik yana kuchaymoqda. Tehron Vashington bilan yangi muzokaralarni boshlash uchun birdaniga 5 ta talab qo‘ydi. Qizig‘i, Eron bu shartlar bajarilmasa, AQSh bilan umuman muzokara stoliga qaytmasligini aytmoqda. Shu fon’da ikki davlat urushni to‘xtatishga yaqin qolgani haqidagi xabarlar ham tarqalmoqda. Xo‘sh, AQSh Eronning bu talablariga ko‘nadimi?

Eron nimalarni talab qilyapti?

Fars agentligining yozishicha, Eron AQSh bilan muzokaralarni davom ettirishdan oldin bir nechta muhim masalalar hal bo‘lishini istamoqda. Tehron avvalo Livandagi urushni to‘xtatishni talab qilgan. Bundan tashqari, Eronga qarshi barcha sanksiyalar bekor qilinishi, muzlatilgan pullar qaytarilishi va urush sabab yetgan zarar qoplanishi kerakligi aytilgan.

Eng asosiysi AQSh Eronning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan suveren huquqini tan olishi kerak. Tehron bu talablarni “ishonchni tiklash uchun minimal shartlar” deb atamoqda.

AQShning tinchlik rejasi Eronni qoniqtirmadi

Aytilishicha, bu talablar AQShning 14 bandlik tinchlik taklifiga javoban ilgari surilgan. Eron tomoni Vashingtonning rejasini “bir tomonlama” deb baholagan. Ularning fikricha, AQSh muzokaralar orqali urushda erisha olmagan maqsadlariga yetmoqchi bo‘lyapti.

3-may kuni Eron ham AQShga o‘zining 14 banddan iborat rejasini yuborgan. Bu hujjat Pokiston orqali yetkazilgan va AQShning avvalgi 9 bandlik taklifiga javob bo‘lgan.

Endi nima bo‘ladi?

6-may kuni AQSh va Eron urushni to‘xtatishga oid memorandum imzolashga yaqin qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ta’kidlanishicha, bu hujjat keyinchalik yadroviy muzokaralar uchun asos bo‘lishi mumkin. Donald Tramp esa AQShning asosiy talabi Eron yadroviy quroldan voz kechishi ekanini yana bir bor aytgan.

The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar yaqin kunlarda Islomobodda yana uchrashishi mumkin. Axios esa kelishuvga juda oz qolganini yozmoqda.