$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Abbosbek Fayzullayev

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi anjumanlar zalida O‘FAning navbatdagi Kongressi hamda joriy yilgi futbol mavsumining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Abbos Fayzullayev haqida

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbos Fayzullayev joriy yil Osiyo qit’asida yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb e’tirof etilib, maxsus sovrin bilan taqdirlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev qit’ada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb e’tirof etilib, maxsus sovrin bilan taqdirlandi. Abbos O‘zbekistondagi eng qimmat ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Transmarket portali unga 8 million yevro narx belgilagan. Timur Kapadze jamoasining asosiy “figura”laridan biri bo‘lgan Abbosbek U23 Osiyo chempionatida 3 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u Olimpiyada o‘yinlarida terma jamoamiz bilan birga barcha o‘yinlarda maydonga tushdi. Shuningdek, u RPLning ortda qolgan mavsumida SSKA jamoasi sfida 32 o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol hamda 9 ta assist natijasini qayd etga bo‘lsa, joriy mavsumda bugungi kunga qadar 23 o‘yinda 3 ta go‘l va 6 ta assit berishga muvaffaq bo‘ldi. Milliy terma jamoa safida esa turli musobaqalarda 17 o‘yinda 5 ta gol va 1 ta assist berishga muvaffaq bo‘ldi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi

O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi murabbiyi ilk marotaba Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, jamoasi bilan birgalikda tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze deb topildi.

Barcha yil laureatlari

Taqdirlash marosimida qolgan yo‘nalishlarda ham yilning eng yaxshilar aniqlandi.

  • Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi — Muhammadyusuf Sobirov ("So‘g‘diyona")
  • Yilning eng yaxshi hakami — Ilgiz Tantashev
  • Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi — Nodir Eliboyev (BMB)
  • Yilning eng yaxshi futzalchisi — Husniddin Nishonov ("Viten", Belarus)
  • O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi — Diyora Habibullayeva ("Trabzonspor", Turkiya)
  • Eng yaxshi murabbiy — Vladislav Xan ("Sevinch")

Shuningdek O‘FA ikki yo‘nalishda ham g‘oliblarga sovrin topshirdi:

  • Oliy liga to‘purari — Lyudmila Karachik ("Sevinch")
  • Oliy liganing eng yaxshi futbolchisi — Maftuna Shoyimova ("Sevinch")

Abdusalom Azizov O‘FAdagi faoliyatini davom ettiradi

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot konferensiyasi ham tashkil etildi. Yodingizda bo‘lsa, Abdusalom Azizovning DXX rahbarligidan ketishi ortidan O‘FAga yangi prezident saylanishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Konferensiya kun tartibidan tashkilotga yangi rahbar saylash masalasi o‘rin olmagandi. Shu sababli ham O‘FAning hozirgi prezidenti Abdusalom Azizov o‘z faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Теги :
Jamiyat