$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Ucell xodimlari "Donorlar kuni" aksiyasida ishtirok etishdi

Ucell

An’anaga muvofiq 16-may kuni Ucell kompaniyasida “Donorlar kuni” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Kompaniyada 100 dan ortiq donor bor

Aksiyada kompaniya xodimlari qon quyilishiga muhtoj bo‘lgan bemorlarga yordam berish uchun tayyor ekanliklarini namoyish etadilar. Ucell donorlar hamjamiyati yildan yilga kengayib bormoqda va hozirda kompaniyada 100 dan ortiq donorlar bor.

Bir necha yillik hamkorlik

“Ucell kompaniyasi bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilamiz. Kompaniya xodimlari har yili ushbu xayriya aksiyasida faol ishtirok etishadi va 100 nafarga yaqin donorlar qatnashadi. Kompaniya rahbariyatiga xayrihoxligi va bemorlarni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun Respublika qon quyish markazi rahbariyati, barcha bemorlar nomidan rahmat aytaman”, – deydi Respublika qon quyish markazi katta hamshirasi Muhabbat Karimova.

Kompaniya ushbu muhim aksiyada muntazam ishtirok etib, sog‘liqni saqlash va inson hayotini saqlab qolish yo‘lidagi yordamlari uchun barcha xodimlarga chuqur minnatdorlik bildiradi.

Теги :
Жамият