$
 12191.30
-29.68
 14464.98
-30.32
 158.51
0.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Ucell o‘zining eng sodiq 30 nafar mijozini iPhone 17 Pro bilan taqdirladi

Ucell

1996-yilda Samarqandda ilk tayanch stansiya ishga tushirilganidan buyon Ucell 10,9 milliondan ortiq abonentga ega yirik mobil operatorga aylandi. 30 yil davomida kompaniya barqaror rivojlanish, yangi texnologiyalarni joriy etish va millionlab foydalanuvchilar ishonchini qozonish yo‘lini bosib o‘tdi.

Eng sodiq abonentlarga iPhone 17 Pro

16-fevral kuni Ucell markaziy savdo ofisida kompaniyaning ilk mijozlari — 30 nafar eng sodiq abonent bilan tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Samimiy muhitda o‘tgan tadbirda mehmonlar Ucell bilan bog‘liq xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Minnatdorlik ramzi sifatida har bir ishtirokchiga iPhone 17 Pro smartfoni va bir yilga mo‘ljallangan premium tarif sovg‘a qilindi.

Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy ta’kidlashicha, 30 yil — bu avvalo abonentlar ishonchi tarixi.

O‘n yillar davomida hayotlarining eng muhim daqiqalarida Ucell aloqasini tanlagan millionlab insonlarning ishonchi. Brendimizga sodiq qolgani uchun har bir abonentga chin dildan minnatdormiz. Yubiley yili - bizga boshidan beri hamroh bo‘lganlarga tashakkur aytish, Kompaniyamizning yanada rivojlanish, yangi texnologiyalarni joriy etish va abonentlar bilan birga bo‘lishga bo‘lgan intilishini tasdiqlash imkoniyatidir.

1 500 dan ortiq abonentga bir yillik bepul internet

Yubiley yili doirasida butun mamlakat bo‘ylab 1 500 dan ziyod sodiq abonent bir yil davomida internetdan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ucell marketing bo‘yicha rahbari Andrey Shadrin bu tashabbusni ko‘p yillik hamkorlik uchun minnatdorlik ifodasi sifatida baholadi.

Xalqaro e’tirof

Ucell 30 yillik yubileyini Ookla® kompaniyasining ikki xalqaro mukofoti bilan qarshi oldi:

  • “O‘zbekistondagi eng tez mobil internet”
  • “O‘zbekistondagi eng yaxshi mobil tarmoq”

Mukofotlar 2025-yil ikkinchi yarmi Speedtest Intelligence® ma’lumotlari asosida topshirilgan bo‘lib, 10,9 mln abonentning real foydalanuvchi tajribasini aks ettiradi.

Ma’lumot uchun, kompaniya yubiley yilida abonentlarni yana ko‘plab yangi xizmatlar va texnologiyalar bilan quvontirishni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqlari asosida