$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olgan o‘zbekistionliklar soni ma’lum qilindi

turkiya

2024-yil sentyabr oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning 55 mingdan ortiq fuqarosi Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Turkiya Migratsiya xizmati ma’lum qildi.

Yashash uchun ruxsatnoma olgan davlatlar

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning 55 006 nafar fuqarosi yashash uchun ruxsatnoma olgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat Turkmaniston (108 480), Rossiya(90 275), Iroq (77 634), Suriya (76 011), Eron (75 233) va Ozarbayjondan (69 986) keyin yettinchi o‘rinda bormoqda.

Qisqa muddatli propiskaga ega xorijliklar

Qisqa muddatli propiskaga ega xorijliklar orasida ham O‘zbekiston fuqarolari yettinchi o‘rinda – 23 800 nafardan ortiq. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Iroq, Turkmaniston va Suriya yetakchilik qilmoqda.

1 milliondan ortiq turli xil ruxsatnoma va viza

Talabalar vizasiga ega mamlakatlar orasida O‘zbekiston yuqori o‘ntalikka kira olmadi. Oilaviy vizalar orasida esa Rossiya va Ozarbayjondan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi – 13 818.

Turkiya Migratsiya xizmati 2024-yil sentyabr oyi holatiga ko‘ra, umumiy hisobda 1 milliondan ortiq turli xil ruxsatnoma va viza bergan.