$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda “Avitsenna” nomi ostida tibbiy turizm brendi ishlab chiqiladi

medical tourism

“O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-335-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar bermoqda.

Tibbiyotda yangi dastur, monitoring tizimi va klasterlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Qarorga ko‘ra, quyidagilar belgilandi:

— “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi;

— davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi;

— konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda ko‘rsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Turizm brendi, kurort zonalar, elektron dastur

Bundan tashqari, “Avitsenna” nomi ostida O‘zbekistonning tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi, toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi; tog‘li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlari mavjud bo‘lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi.

Shuningdek, 2025-yil 1-aprelgacha internet tarmog‘i orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent to‘lovi to‘lashdan ozod qilinadi.