Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +9°

O‘zbekistonning o‘z Kappadokiyasi bo‘ladi

Buning uchun hududlarda maxsus havo zonalari tashkil etiladi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning o‘z Kappadokiyasi bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini qabul qilish to‘g‘risida farmoyish berdi.

2023-yilda Parkent tumaniga 100 ming sayyoh tashrif buyurgan

Davlatimiz rahbarining soʻzlariga koʻra, 2023-yilda Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi tadbirkor 2 ta havo shari, 10 ta deltaplan va paraplanlar bilan 100 ming sayyohni jalb qilgan.

Bundan tashqari, yana 10 nafar tadbirkor Bo‘stonliq, Parkent va Aydarko‘lda ekstremal turizmni rivojlantirish istagidaligi taʼkidlandi.

Moʻynoqda parashutdan sakrashni tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq aeroportida parashyutda sakrashni tashkil etish imkoniyatini ham qayd etdi.

"Mo‘ynoq aeroportida parashyutda sakrash va "воздушный дайвинг"ni tashkil etish orqali ekstremal turizmni rivojlantirish mumkin. Buning uchun Turkiya Kappadokiyasidagi kabi alohida havo zonasini yaratish kerak. Kappadokiyada 2023-yilda havo sharlari 600 ming sayyohga xizmati ko‘rsatib, 100 million dollar daromad keltirdi", - dedi davlat rahbari.

3 vazirlik rahbarlariga topshiriq

Prezident Ekologiya vazirligi rahbarlari Aziz Abduhakimov, Transport vazirligi Ilhom Mahkamov va Mudofaa vazirligi Bahodir Qurbonovga ikkita viloyatni tanlab, ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini qabul qilishni topshirdi.