$
 12884.62
-15.29
 13495.35
-12.15
 148.85
2.11
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonning bir qator tumanlari rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

hokim

Kecha va bugun O‘zbekistonning bir qator tumanlari rahbariyatining turli lavozimlarida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda.

G‘olib Murodov

Bugun xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Sessiyada deputatlar Murodov G‘olib Ne’matovichni Muborak tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi. G‘olib Murodov - 1981-yil Mirishkor tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent moliya institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar u “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xurshid Nazarov

Bugun Jomboy xalq deputatlari tumani Kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi deputatlari qatnashdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Deputatlar shu kunga qadar Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Nazarov Xurshid Aripovichni Jomboy tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.

Akmal Mirzayev

Xidirov Abror Abduazimovich Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimi v.b. Erkinjon Turdimovning tegishli qarori e’lon qilingan. Avval bu lavozimda Akmal Mirzayev ishlab kelayotgandi.

Maqsud Bo‘ronov

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va muammolar haqida gapirib o‘tgan. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Bo‘ronov Maqsud Erkinovich Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi. Tayinlovga qadar Bo‘ronov “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Nurobodga shu vaqtga qadar Sirojiddin Berdiqulov rahbarlik qilayotgandi.

Qayum Hushbaqov

Bugun Paxtachi tumanida ham Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, Paxtachi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtalgan. Viloyat rahbari Xushbaqov Qayum Norbekovich nomzodini Paxtachi tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi.Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Теги :
Jamiyat