$
 12834.61
44.18
 14662.26
175.82
 162.65
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Qayta urf: texnologiyalarda sensorlar o‘rnini yana fizik tugmalar egallamoqda

knopka

Asr boshidan texnologiyalar rivojlanishi natijasida avtomobillarda fizik tugmalarning o‘rniga sensorli tugmalardan foydalanila boshlangan edi. Biroq so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, fizik tugmalarni bosish ekranlarga qaraganda kamroq diqqat talab qiladi va bu haydovchilar uchun xavfsizlikni oshiradi. Buning natijasida bir qancha gigant kompaniyalar sensorlardan voz kechib, fizik tugmalarga qayta murojaat qilmoqda.

Mashhur gigant kompaniyalar yangi texnikalarida fizik tugmalar funksiyasini qayta kiritishmoqda

Wall Street Journal nashrining ma’lum qilishicha, bir qator avtomobil ishlab chiqaruvchilar va texnika kompaniyalari o‘z avtomobillarida fizik tugmalardan qayta foydalana boshladi.

Jumladan, Volkswagen, BMW va Kia o‘z avtomobillarida sensorli panellardan voz kechib, tugmalarga qaytmoqda. Bu o‘zgarish asosan xavfsizlik uchun amalga oshirilyapti. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, fizik tugmalarni bosish ekranlarga qaraganda kamroq diqqat talab qiladi, bu esa haydovchilar uchun xavfsizlikni oshiradi.

Shuningdek, Xiaomi kompaniyasi esa o‘zining yangi SU7 elektrokarida fizik tugmalar bilan jihozlangan maxsus panel yaratdi. Bu kompaniyaning yangi yo‘nalishdagi innovatsiyasi bo‘lib, foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik va tezkorlikni ta’minlaydi.

Apple ham o‘z noutbuklariga yangilik kiritdi. Kompaniya avvalgi Touch Bar sensorli panelini olib tashlab, uning o‘rniga fizik Action va Camera Control tugmalarini joriy qildi. Bu o‘zgarish, asosan, foydalanuvchilarning muloqoti va samaradorligini oshirish uchun amalga oshirilgan.

Maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari ham qatordan chetda emas

Shuning bilan birga, maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari ham bu yangilikdan chetda qolmadi. Ular ham sensorli elementlardan voz kechmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab iste’molchilar fizik tugmalarni afzal ko‘radi, chunki ular ko‘proq qulaylik va tezkorlikni ta’minlaydi.

Sensorli ekranlar haydovchining diqqatini chalg‘itadi

Fizik tugmalarning ommalashuviga yana bir nechta sabablar bor. Chunki sensorli ekranlar ko‘pincha murakkab va juda sezgir bo‘lishi mumkin, bu esa noto‘g‘ri foydalanish yoki xatolarga olib keladi. Fizik tugmalar esa aniq va tushunarli muloqotni ta’minlaydi.

Shuning bilan birga, avtomobillar dunyosida sensorli ekranlardan foydalanish haydovchining diqqatini chalg‘itadi. Tugmalar esa haydovchilarga ekranga qaramasdan, qo‘l orqali his qilib tezkor amaliyotlarni bajarish imkonini beradi.

Boshqa ko‘plab brendlar esa fizik tugmalarni yuqori sifatli, zamonaviy va funksional dizaynning belgisi sifatida qabul qilishyapti. Ular nafaqat ishlash qulayligini oshiradi, balki ko‘pincha qimmatbaho uskunalarda qo‘llanadi.