$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Tuberkulyozni aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usuli tasdiqlandi

tuberkulyoz

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xavfli kasalliklardan biri hisoblangan tuberkulyozga tashxis qo‘yishning yangi diagnostika usulini tasdiqladi.

Sinama orqali so‘lak tarkibidagi infeksiyaning genetik mutatsiyalarini ham aniqlash mumkin

Ma’lum qilinishicha, “ Xpert MTB/RIF Ultra” deb nomlanuvchi ushbu sinama xastalikka gumon qilingan kishilar so‘lagida sil kasalligini qo‘zg‘atuvchi bakteriya — Mycobacterium tuberculosisning genetik belgilarini molekulyar tahlil yordamida aniqlashga mo‘ljallangan.

Shuningdek, tibbiy test natijalari bir necha soat ichida ma’lum bo‘ladi. Qolaversa, mazkur sinama orqali so‘lak tarkibidagi infeksiyaning genetik mutatsiyalarini ham aniqlash mumkin. Bu esa shifokorlarning muqobil muolaja usullarini tanlashlarida asqatadi.

Tuberkulyoz tufayli jahonda yiliga bir million nafardan ortiq inson vafot etmoqda

Ma’lumot uchun: tuberkulyoz har yili dunyo bo‘yicha bir million nafardan ortiq bemorning o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Hozir bu kasallikni, xususan, uning dorilarga chidamli turlarini erta bosqichda aniqlash JSSTning global maqsadlari qatoriga kiritilgan.