Yanvar oyida O‘zbekiston TSA 4,5 mlrd. dollarga yetdi
Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar oyida O‘zbekiston jahonning 154 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvar oyida mamlakatimiz 154 mamlakat bilan savdo-sotiq olib borib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 4,5 mlrd. AQSh dollariga oshirdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 297,2 mln AQSh dollari yoki 7,5 foizga ortib, iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. https://t.me/statistika_rasmiy/5479
Asosiy savdo hamkorlari
Tashqi savdo aylanmasining 55,3 foizi besh mamlakat bilan amalga oshirilgan. Bular:
Xitoy – 22,1 foiz;
Rossiya – 17,7 foiz;
Qozog‘iston – 7 foiz;
Turkiya – 4,7 foiz;
Koreya Respublikasi – 3,8 foiz.
Eksport va import hajmi
Tashqi savdoning 29 foizi — eksport, 71 foizi importga to‘g‘ri keldi:
Eksport — 1,3 mlrd;
Import — 3,2 mlrd.



