$
 12694.97
40.84
 14878.50
60.51
 161.60
0.42
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Transfermarkt portali O‘zbekiston Superligasida mavsum yakunlarini sarhisob qildi

transfermarkt-24-12-9

Transfermarkt portali Championat.asia nashri bilan birgalikda mavsumning ramziy jamoasi, eng yaxshi futbolchisi, eng yaxshi murabbiyi, eng yaxshi darvozaboni va eng yaxshi yosh futbolchisi nomini aniqladi.

Eng yaxshi yosh futbolchi

"Paxtakor" jamoasi vakili Muhammadrasul Abdumajidov mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi. 20 yoshli himoyachi o‘zining kattalar darajasidagi birinchi to‘liq mavsumida qatnashdi va tez fursatda boshlang‘ich tarkib a’zosi bo‘lib oldi. U barcha musobaqalarda 28 o‘yinda (24 tasi asosiyda) maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Eng yaxshi darvozabon

Abduvohid Ne’matov Superligada mavsumning eng yaxshi darvozaboniga aylandi. U ramziy termamizdan ham joy oldi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Hamidullo Abdunabiyev ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi qatordan "Paxtakor" darvozaboni Vladimir Nazarov joy oldi.

Eng yaxshi murabbiy

Ivan Boshkovich mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. "So‘g‘diyona" uning qo‘l ostida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ikkinchi o‘rinni egalladi. Qarshi jamoasi uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritdi, biroq mavsum yakunida ketma-ket "qoqildi" va OCHL-2da omadsiz ishtirok etdi. Uchinchi o‘rinni O‘zbekiston chempionatida OKMKga kumush medallarini olib kelgan Mirjalol Qosimov band etdi.

Eng yaxshi futbolchi

Lyupcho Doriyev mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. “So‘g‘diyona”ning yana bir vakili Vladimir Yovovich ikkinchi o‘rinni oldi. Uchinchi pog‘onaga Akmal Mozgovoy joylashdi.

Mamlakat tashqarisidagi eng yaxshi futbolchi

O‘zbekistonning mamlakat tashqarisidagi eng yaxshi futbolchisi Abduqodir Husanov bo‘ldi. 20 yoshli himoyachi ushbu mavsum "Lans"ning asosiy a’zosiga aylandi va barcha musobaqalarda 13 o‘yinda maydonga tushdi, shulardan 10 tasida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Husanov oktyabr oyida Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deya e’lon qilindi. Bundan tashqari, Abduqodir bir necha bor "SofaScore" statistik portali va "Lans" muxlislari sayti talqinida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. So‘rovnomada SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev ikkinchi o‘rinni egalladi. 2024/2025 yilgi mavsumda u "armiyachilar"da 22 ta o‘yin o‘tkazib (18 tasi asosiyda), 3 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uchinchi pog‘onani Turkiyaning "Sivasspor" jamoasi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Aziz Turg‘unboyev egalladi – 14 o‘yin (9 tasi asosiyda) va 3 ta golli uzatma.

Ramziy terma jamoa

"Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne’matov ramziy terma jamoa darvozasidan joy oldi. Himoya markaziga "Navbahor"dan Filip Ivanovich va "Nasaf" sardori G‘olib G‘aybullayev joylashtirildi. Tajribali Oleg Zoteyev hamda "Nasaf" a’zosi Sherzod Nasrullayev esa ikki qanotni to‘ldirdi. Maydon markaziga Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Jamshid Iskanderov ("Navbahor") va Anvar Hojimirzayev ("Dinamo") triosi joylashdi. Jamoa hujum chizig‘i Lyupcho Doriyev ("So‘g‘diyona"), Vladimir Yovovich ("So‘g‘diyona") va Dragan Cheran ("Paxtakor")dan iborat.

Теги :
Jamiyat