$
 12557.67
2.51
 13448.01
17.76
 147.37
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Abbos Fayzullayev Ispaniya klubiga o‘tishi kutilmoqda

Fayzullyev

Moskva klubi axiyri Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisini sotishga rozilik bildirgan. 

«Sariq suvosti kemasi» 

GoSport manbasining ma’lumotlariga ko‘ra, Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Ispaniyaning «Villarreal» klubida faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda. Avvalroq tarmoqlarda «Sariq suvosti kemasi» vakillari Abbosni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni boshlaganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

SSKA murabbiylar shtabidagi o‘zgarish 

Bundan ham avval Fayzullayevga kuchli beshlik jamoalaridan, jumladan «Parma»dan qiziqish bo‘lishiga qaramasdan, uning SSKAda yana bir mavsum qolishi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Ammo «armiyachilar» bosh murabbiy Valadimir Fedotovni ishdan bo‘shatgach, Fayzullayevning ham jamoadan ketishi masalasi kun tartibiga qaytgan.

Shaxsiy shartnoma bo‘yicha ham kelishuv bo‘lib ulgurgan

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Abbosbek Fayzullaevning «Villarreal»ga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga chiqqan. SSKA jamoasi Abbosbek Fayzullaevni «Villarreal»ga sotishga rozilik bergan. Ayni vaqtda transferning barcha detallari bo‘yicha yakuniy muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. SSKA allaqachon Fayzullayev o‘rniga boshqa o‘rinbosar qidirishni boshlab yuborgan. Abbosbek Fayzullaev «Villarreal» bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha ham kelishuvga erishgan. Tez orada transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ma’kumot uchun, «Villarreal» o‘tgan mavsum La-Ligada 8-o‘rinni egallab, yevrokuboklardan mosuvo bo‘lgan.